Portret

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Portret (fr. portrait, eski fransuzchadan portraire — «chiziq yoki chegarani aks ettirmoq», eskirgan. parsunalot. persona — «shaxs; kishi») — inson obrazini tasviriy san’atda eng murakkab janr hisoblanadi.


Portret (frans. portrait — tasvir) — 1) tasviriy sanʼat janri; real hayotda mavjud boʻlgan yakka, ikki yoki bir guruh kishilar, rassom tasavvurida paydo boʻlgan xayoliy qiyofalarning tasviri. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, shuningdek, foto sanʼatining muhim janrlaridan biri. P. asosida aniq shaxsning qiyofasini aba-diylashtirish yotadi. P.ning muhim tomoni tasvirning tasvirlanuvchi (model, asli)ga aynan oʻxshashligidir. Ijodkor P. orqali tasvirlanuvchi shaxsning maʼnaviy dunyosini, ijtimoiy hayotdagi oʻrnini, kasbi, jamiyatdagi mavqeini aks ettiradi va uning shu jihatlari orqali davr xususiyati, siyosiy iqtisodiy ahvol haqida maʼlumot bera oladi. Rassomning kasbiy maho-rati, P. ishlash uchun tanlagan materiallari esa uning yaratgan asarlariga takrorlanmas oʻziga xoslik baxsh etadi. Tarixan P.ning xilma-xil tur va koʻrinishlari shakllangan: ishlanish usuli, bajaradigan vazifasi, shakli, mazmuniga koʻra, dastgoh (kartina, byust, grafika varagʻi) va monumental (monu-mental xdykal, freska, mozaika), tan-tanavor parad va intim, xajviy, satirik P. tarzida tasvirlanuvchining faqat bosh qismi, beligacha, butun boʻybasti bilan old va yon tomonidan ishlanishi mumkin. Shuningdek, turli tarixiy davrlarda nishon, tanga, medallar yuzasiga (medal yasash sanati) ishlangan, gemma (gliptika), medalonlarda miniatyura P. kengtarkalgan. P. janridagi bir asarda koʻpincha bir necha janrlar qoʻshilishi mumkin. P.da tasvirlanuvchi sof holda (zaminsiz, yaʼni atrof muhitni aks ettirmasdan), tinch xrlatda yoki biror faoliyati bilan maʼlum muxitda ishlanishi mumkin. Shu tu-fayli shartli ravishda P.ni P. va P. -kartina (janrli P.)ga ajratiladi. P.ning keng tarkalgan turlaridan biri — avtoportret. Tasvirlanayotgan kishilar soniga koʻra, yakka, qoʻshaloq va guruh P.larga boʻlinadi.

P. sanʼati qadimda paydo boʻlgan. Qad. Misrda P.ning noyob namunalari (hay-kaltaroshlikda — Exnaton, Nefertiti va b. haykallar) yaratiladi. Yunonistonda shoir, faylasuf va davlat ar-boblarining umumlashma, ideallashtirilgan haykal P.lari ishlandi (haykaltarosh Alopekli Demetriy, Lisipp va b.), ellinizm davrida dramatik obrazlar yaratishga intilish kuchaydi. Antik davr xaykaltaroshlik P.i Qad. Rim sanʼatida yuksak choʻqqisiga koʻtarildi, aniq shaxsga eʼtibor oshdi. P.da shaxsning individual fazilatlarini aniq koʻrsatish, ruhiy kechinmalarini ochish jarayoni sezilarli oʻrin egalladi, qaykal va byustlar bilan bir katorda tanga va medallar, gemmalarga P., shuningdek, rangtasvir P. ishlash keng tarqaldi. Dastgoh P.ining rangtasvir namunalari boʻlgan fayyum P.lari (Misr, 1—4-a.lar) ham antik sanʼat anʼanalari taʼsirida rivojlandi.

Oʻrta asrlarda qatʼiy liniy krnunlar bilan cheklangan P. cherkov-meʼmoriy ansamblining ajralmas qismiga aylandi. Ijodkorlar P.da podsho, din axllarining obrazlarini yaratdilar, diniy mazmundagi P.larda aniq shaxslarning fazilatlari, xususiyatlarini ifodaladilar. Oʻrta asrlar xitoy ustalari asarlarida aniq shaxslar koʻpincha oʻziga xos fazilatlari b-n, yapon rassom va haykaltaroshlarining ayrim P.larida oʻtkir psixologik holat aks ettirildi.

Uygʻonish davrida P.ning rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika turlari yuksak taraqqiy etdi. Faol, oʻz qadr-qimmatini biladigan qoʻrqmas, jasur inson qiyofasi bu davrning bosh qahramoniga aylandi. Borliqni ilmiy asosda oʻrganish va shu bilimlarni amaliyotda qoʻllashga intilishlar P.ning yangi tizimini yuzaga keltirdi. Endilikda tasvirlanuvchi noreal makon va muhitda emas, balki insonga yaqin boʻlgan tabiat qoʻynida aks ettirildi.

Monumental rangtasvir asarlaridagi personajlar orasida rassom oʻzining qiyofasini ham ishlay boshladi. Bu jarayon keyingi davr sanʼatida yanada rivojlantirildi (rassom Jotto, Mazachcho, A. del Kastano, D. Girlandayo, S. Bottichelli, Pyero dela Francheska, J. Bellini; haykaltarosh N. Pizano, Donatello, A. Verrokko; dastgoh haykaltaroshligida Deziderio da Settinyano, Antonio Rossellino; medallarda A. Pizanello).

Yuksak Uygʻonish davri buyuk ijodkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael, Jorjone, Titsian, Ya. van Eyk, Rogir van der Veyden, A. Dyurer, Katta Lukas Kranax, Kichik Xolbeyn va b. P.dagi obrazlar mazmunini chuqurlashtirdilar, 17-a.ga kelib demokratik karashlarning ortib borishi insonga chuqur muhabbat bilan sugʻorilgan, nozik his-tuygʻularni anglash va tasvirlashga qaratilgan toʻlaqonli va harakatga boy P.larni maydonga keltirdi, guruh P. rivojlana boshladi (Rembrandt, Xale va b.). Avtoportret shu izlanishlar mahsulidir, rassom inson ruhida boʻladigan oʻzgarishlarni oʻz qiyofasida, qarash, yuzdagi mimik oʻzgarishlarda ifodalashga harakat qildi. 18-a. P.ida shaxsning ijtimoiy mavqei, jamiyatdagi oʻrni haqqoniy aks eta boshladi (Fransiyada — J. B. S. Sharden, J. A.

19-a. P. sanʼati uslublarga boy va rang-barang . Klassitsizm, romantizm, tanqidiy realizm shu davrda ishlangan P.largataʼsir etdi. Inqilobiy ruh bilan sugʻorilgan (J. L. David), koʻtarinki romantik ruhda ishlangan (T. Je-riko, E. Delakrua. O. A. Kiprenskiy, K. P. Bryullov), kinoyaga boy (F. Goyya) asarlar P. sanʼatini va uning rang-barangligini namoyon qiddi. 19-a. oxirgi choragida P.da tasvirlanuvchining ruhiy holatlarini tabiat bilan bogʻlay boshladilar. P.da ham impressionistlar (E. Mane, O. Renuar, O. Roden va b.), postimpressionistlar (P. Sezann, Van Gog) tasvirlanuvchining oʻzgarmas shakli orqali uning toʻlaqonli obra-zini yaratishga, shakllar harakatida dramatik holatlarini koʻrsatishga intildilar. 20-a. P. sanʼati murakkab va ziddiyatlidir. Bir tomonda realistik P. oʻz imkoniyatlarini yanada chukurlashtirib, inson feʼlidagi butun nozik oʻzgarishlarni toʻliq ochishga, uning falsafiy-dunyoviy oʻy-xayollari, tasavvur va taxminlarini aks ettirishga, uning plastik tomonlarini kuchaytirishga intilsa (Germaniyada — K. Kol-vits, E. Barlax; Fransiyada — Sh. Des-po, GG. Pikasso, A. Matiss; Italiyada Modilyani, R. Guttuzo; Meksikada — D. Rivera, D. Sikeyros; AQShda — E. Uayet; Yaponiyada — Seyson Maeda; Rossiyada I. D. Shadr, M. V. Nesterov. P.D. Korin va b.), ikkinchi tomonda shu davrda keng yoyila boshlagan modernizm uslubi P.ga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Bu yoʻnalish tarafdorlari shu bo-rada tajriba ishlarini olib borib shakl, chiziq, rang , faktura imkoniyatlaridan foydalangan holda obraz yaratishga harakat qildidar.

Sharq (Oʻrta Osiyo, Afgʻoniston, Eron, Hindiston va b.) miniatyura sanʼatida P.ning nodir namunalari yaratilgan (Rizo Abbosiy va b.). Jumladan, oʻzbek P. sanʼati ham boy tarixga ega. Bu sanʼat namunalari qad. va oʻrta asrlar sanʼatida uchraydi (Yunon-Baq-triya, Xorazm, Kushan podsholarining haykal va tanga yuzalariga ishlangan boʻrtma tasvirlari), Amir Temur va te-muriylar, Shayboniylar hamda Boburiylar davri sanʼati (Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Muhammad Murod Samarqandiy va b.)dagi mini-atyuralarda maʼlum darajada taraqqiy etgan. Nafis (moʻʼjaz rasm) miniatyura taraqqiyoti davomida bir asar ustida bir necha sanʼatkorlar ijodiy hamkorlik qilgan, kishilar qiyofasi, yuzini tas-virlovchi musavvir nomiga chehrakushoy (yuzni ochuvchi) yoki chexra soʻzi qoʻshilgan. Ayniqsa, boburiylardan Akbar va Jahongir davrida ayrim shaxslar tas-viri bilan birga guruh (koʻplab aʼyonlar ishtirokidagi) P. yaratish taraqqiy etgan. Ushbu P.lardan keyinchalik yevropalik rassomlar (Rembrandt, J. Reynolds va b.) maʼlum darajada oʻrgangan, ilhomlangan. 20-a.ning 30—50-y.laridan zamonaviy rangtasvirdagi P. rivojlandi. Shu davrda P.ning hamma koʻrinishlari (P., avtoportret, guruh P., P. -kartina, tarixiy P. va h.k.)da asarlar yaratildi. Bahrom h&isamhhy, L. Nasridsinov, Sh. Hasanova, A. Ab-dullayev, Oʻ. Tansiqboyev, M. Nabiyev va b. P.ning dastlabki namunalarini yaratdilar, 50—60-y.lardan P. ning diqqatga sazovor namunalari yaratildi: "Uzbek portreta" (Oʻ. Tansiqboyev, 1927), "Alisher Navoiy" (V. Kaydalov, 1940, 1947), "Abu Rayhon Beruniy" (M. Nabiyev, 1950, 1972), "M. Turgʻunboyeva" (Ch. Ahmarov, 1951), "Yunus Raja-biy" (N. Qoʻziboyev, 1954), "Keksa kol-xozchi portreti" (R. Ahmedov, 1956), "Hamza" (M. Saidov, 1968) va b. Bugungi kunda uzbek P. chiligi jahon sanʼati rivoji fonida oʻz mavqei va oʻrniga ega. B. Jalolov, A. Ikromjonov, S. Raxmetov va b.ning asarlarida zamon ruhi Sharq va Gʻarb sanʼati anʼanalari sil-silasida oʻz aksini topgan.

2)Badiiy adabiyot — personaj tashqi qiyofasining tavsifi, tas-viri; badiiy obraz yaratish vositalaridan biri. P. harakteri asar janriga hamda yozuvchining ijodiy metodi va individual uslubi xususiyatlariga boglik boʻladi. Odatda, P. personaj xa-rakterining yozuvchi eng muhim deb hisoblagan jihatlarini ochib beradi. P. adabiyotda qadimdan mavjud. Tasvir vositasi sifatidaoʻzgarib takomillashgan. Xalq ogʻzaki ijodida inson individu-achlashgan shaxs sifatida tasvirlanmaganligi uchun uning P. i ham koʻpincha mavhum, umumiy harakterga ega. Folklorda P. mifologik, fantastik yoki anʼanaviy tarzda yaratiladi. Shuning uchun aniq ijtimoiy, tarixiy, milliy va individual belgilardan mahrum boʻladi. Mac, "Alpomish" dostonida devlar P.i mubolagʻa bilan berilgan:Toʻqson qarich edi uning hassasi, Sarhovuzdan katta edi kosasi.

Qad. gʻarb va sharq adabiyotlarida ham P. koʻpincha mavhum, anʼanaviy harakterda boʻlgan. Mac, gʻazallarda yorning tashqi qiyofasi oy, quyosh, yulduz, tun va kun kabi narsalarga nisbatda kursatilgan. Realist yozuvchilar tashqi qiyofani batafsil tavsiflaydilar, unda davr va hayot tarzi bilan bogʻliq holda roʻy bergan oʻzgarishlarni aynan aks etti-radilar (mas, Abdulla Qodiriy, Oy-bek). 19-a. da P.ning ichki yoki psixologik (ruhiy) P. deb atalgan turi tarqalib, unda personajning harakteri — belgilari va ruhiy kechinmalari majmui ochib beriladi (Abdulla Qah-xrr, Odil Yoqubov). Adabiy P. — atoqli shaxs, yaʼni yozuvchi, rassom, jamo-at arbobining hayoti va ijodi haqidagi ocherk alohida janr hisoblanadiNeʼmat Abdullayev, Abdumajid Madraimov. [1]

Ma’lumki har bir davrning usta rassomlari bo’lgan. Ular portret asarlarida zamondoshlarning go’zal qiyofasini obrazlarini yaratib, keyingi avlodlarga meros qilib qoldirgan. Uyg’onish davrining buyuk nomoyondasi Lenardo da Vinchining «Avtoportret», «Jakonda» asari, Velaskesning «Papa Inokentiy X» portreti, shular jumlasidandir.

Gollandiyalik rassom Rembrandt kabi ko’pgina Yevropa rassomlari ham ajoyib portretlarni yaratib nom qoldirdi. XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan buyuk rus rassomlari O. Kiprenskiy, V. Tropinin, A. Venetsianovlar rus portret san’atining asoschilari bo’ladilar. Ular XVIII asr portretchilik an’anasini davom ettirib, insonni tasvirlashga yana ham zo’r e’tibor bilan qaradilar, portretlar psixologiyasiga katta ahamiyat berdilar, rassomchilik mahoratini oshirdilar.

O.A. Kiprenskiy portret san’atining muvaffaqiyati shundaki, rassom o’z zamondoshlarini portretlarida dastavval insonning go’zal ma’naviy dunyosini, qadr-qiymatini, uning orzu-o’ylarini, kechinmalarini tasvirladi. U qator asarlarni, shu jumladan ijodning cho’qqisi bo’lgan [[A.S. Pushkin (1827) portretini yaratdi. Taniqli shoir siymosi bu portretda har jihatdan juda mukammal ochib berilgan. Asarda shoirning tashqi qiyofasi bilan birga, undagi ruxiy ko’tarinkilik, bitmas-tuganmas ijodiy ilhom sohibi ekanligi juda moxirona tasvirlangan.

Uning zamondoshlaridan biri V. Tropinin bizlarga asosan «Pushkin», «Gitarachi», «Bagration» portretlari muallifi sifatida tanilgan. Uning 1823 yilda yaratgan «To’r to’quvchi qiz» portreti istarasi issiq, yoqimli shahlo ko’z qiz qiyofasini aks ettirdi. Ularning izdoshlaridan biri A. Venetsianovdir. U birinchi bo’lib san’atga dexqon obrazlarini olib kirdi va birinchi bo’lib tabiatning poetik obrazini yaratdi.

20 yillarda yaratgan «Yoz», «Ekinzorda» asarida — tabiat va inson obrazini, dexqonlarni mehnat jarayonini ifodalab uyg’unlashtirib bergan. U «Zaxarka» portretida mehnatkash bolani ichki dunyosini ochib bergan. XIX asrda realistik portret soxasida Kramskoy, Repin, N.Vasnetsov, V.Serov kabi ulug’ rus rassomlar ijod qildilar. N.Kramskoyning N.Nekrasov, P.Tretyakov, L.Tolstoy, I.Repinning V.Stasov, M.Musogorskiy portretlari bunga yorqin misol bo’la oladi.

XX asrning ikkinchi yarmida o’zbek portret san’ati yuksalib rivojlandi. Portret soxasini Lutfulla Abdullayev, Abdulxak Abdullayev, Raxim Axmedov, Malik Nabiyevlar samarali ijod qilib kelmoqdalar. Lutfulla Abdullayevning «Mulla to’ychi Toshmuxamedov», «Y.Axunboboyev» portretlari realistik an’analarda mohirona tasvirlangan. Abdulxak Abdullayev birinchi o’zbek portretchi rassomlardan biri bo’lib, portret sohasida salmoqli ijod qiladi. U o’z zamondoshlari, ziyolilarni, olimlarni adabiyot va san’at namoyondalarini portret galleriyasini yaratib katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

«Abror Xidoyatov Otello rolida», yozuvchi «Oybek» portreti muallifining shox asarlaridan bo’lib, Otelloni o’ychan boqishi, gavda harakati portretga romantik ko’tarinkilik ruxini baxsh etgan. Unda yuz ifodasi psixologik xolati moxirona tasvirlangan. Oybek portretida shoir siymosi kompozitsiya jihatidan juda chuqur va mukammal ochib berilgan. Rassom bu asarda inson qiyofasini abadiylashtiribgina qolmay, balki hamma yuksak insoniy fazilatlar egasi, otash qalb xayajon va tashvishga to’la buyuk yozuvchining jonli portretini yaratdi.

Rahim Axmedov portret janrida hayotga chuqurroq yondoshdi. Inson ichki kechinmalarini, xis-tuyg’ularini, orzularini, insonning go’zallik qalbini o’z asarida ochib beradi. Uning «Ona o’ylari», «Surxandaryolik ayol», «Dehqon portreti» yorqin misol bo’la oladi. Malik Nabiyev asosan portret janrida zamondoshlari bilan bir qatorda tarixiy allomalar obrazini xam yaratish ustida ko’p mehnat qiladi. U 1952-yili «Beruniy» obrazini yaratdi. 1993-yili buyuk sarkarda «Amir Temur portreti»ni yaratdi. Portret kompozitsiyasini yaratishda rassomlarning o’ziga xos uslubi mavjud, u adabiy qo’lyozma, etnografik xujjatlardan unumli foydalanadi.

Portret mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: kalla portreti, ko’krak qiyofali portret (byust), yarim gavda portret, butun gavda qiyofasi portreti, portret kartina, guruxli portret, miniatyura portreti va hokazo.

Portret kompozitsiyasining tuzilishida insonning tashqi va ichki qiyofasi, uning ruxiyati, shuningdek ko’li, o’tirish holati, liboslari, interьyerdagi predmetlar asosiy vosita sifatida muxim rolь o’ynaydi. Har bir rassom portret yaratishda o’z tajribasi, usuliga tayanadi. Bunga har xil kutilmagan holatda, rang va texnikada bajarilgan portretlar dalil bo’la oladi. Baxodir Jalolovni kinorejissyor «Komil Yormatov» portreti shu fikrimizni tasdiqlaydi.

Shuning uchun portret yaratishda yoshlar ulug’ portret ustalari tajribasini o’rganib. Ularda unumli foydalanishlari lozim. Portretchi rassom avval tasvirlanuvchi bilan chuqurroq tanishib, bir muncha davrda uni kuzatib, suxbatlashib, uni asosiy harakteri, xususiyatlarini, ichki va tashqi dunyosini yaxshi o’rganishi kerak, M. Nesterovning shogirdi P. Korin doim bu amallarga sodiq qolib A.Tolstoy, N.Kachalov, M.Nesterov, N.Sarьyan portretlarni shu tarzda yaratdi.

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil