Portal:Huquq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
  Yordam   Jamoa   Portallar   Loyihalar   Mukofot   Baholash  
Adolat tarozisi Huquq Portaliga xush kelibsiz!

Huquq haqidagi maqolalar[tahrir]

DINIY EʼTIQOD — insonning dinga boʻlgan munosabatini belgilashda qoʻllaniladigan tushuncha. Diniy eʼtiqod erkinligi OʻzR Konstitutsiyasining 31-moddasida mustahkamlangan. Unda quyidagi qoida bayon etilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirish yoʻl qoʻyilmaydi». Shuningdek, 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan, 1998 yil 1 mayda oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, yangi tahriri tasdiqlangan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida»gi Qonunda ushbu konstitutsiyaviy qoida rivojlantirilgan. Chunonchi, Qonunning 5-moddasida shunday deyiladi: «Oʻzbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy eʼtiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi». Shuningdek Qonunning 3-moddasida «Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va diniy eʼtiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar boʻladilar» deyilgan.

Inson huquqlari[tahrir]

Huquq haqidagi yangi maqolalar[tahrir]

Eng yaxshi tasvir[tahrir]

Kanada oliy sudi

Kanada oliy sudi

 

Yangiliklar[tahrir]

Huquq atamalari[tahrir]