Pomir tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pomir tillari — hind-yevropa tillari oilasining eroniy tillar guruhiga mansub. Gʻarbiy va Janubiy Pomir vodiylarida (Tojikistonning Togʻli-Badaxshon muxtor viloyatida va Afgʻoniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonning unga tutash hududlarida) va Sarikoʻl togʻ tizmalarida (Xitoyning Sinszyan-Uygʻur muxtor viloyatida) tarqalgan. Pomir tillariga vaxan, ishkoshim, yozgʻulom tillari hamda shugʻnon, rushan, xuf, bartong, oʻroʻtoʻr, sarikoʻl singari qardosh til va lahjalar kiradi. Hozir oʻlik til qisoblangan qadimgi vanj va sargʻulom tillari ham shu tillar guru-hidan hisoblangan. Ayrim belgilariga koʻra, munjon va unga yaqin boʻlgan iydgo tillari Pomir tillariga qoʻshilsada, bu masala munozarali boʻlib qolmoqda.

Pomir tillarining tarixiy-genetik tavsifi ularni boshqa sharqiy eroniy tillardan farqlanuvchi oila sifatida oʻrganish imkonini bermaydi. Bir qator shunday belgilar turli Pomir tillarini boshqa sharqiy eroniy tillar bilan alohidaalohida yaqinlashtiradi. Barcha Pomir tillarining struktur oʻxshashligi va katta umumiy lugʻaviy fond ularning muayyan til jamoasida oʻzaro yaqin, oʻxshash rivojlanganligini koʻrsatadi.

Pomir tillari yozuvga ega emas. Pomir tillarida soʻzlashuvchilarning koʻpchiligi uchun yozuv va taʼlim tili — tojik tili, sarikoʻl tilida soʻzlashuvchilar uchun esa uygʻur tili hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil