Polimonodiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Polimonodiya (poli... va monodiya) — musiqiy-ijodiy tamoyil, monodik bayonning polifoniya unsurlari yordamida boyitishga asoslanadi. Oʻzbek anʼanaviy musiqada 20-asr oʻrtalaridan bastakorlikning taraqqiyoti, xususan, uslubiy qamrovlari kengayishi jarayonida shakllangan. Dastlab uning alomatlari F.Sodiqov (oʻzbek sozlari ansambli uchun "Oʻzbekcha vals"), M.Mirzayev (qashqar rubobi va ansambl uchun "Dildor 1—2", "Yangi Tanavor" va boshqalar), N.Hasanov va K.Jabborov (ikkalasining ommabop kuy va qoʻshiqlari)lar ijodida namoyon boʻldi. Ksyinchalik N.Qulabdullayev (gʻijjak va rubob uchun "Oʻylamang" va boshqa cholgʻu asarlar), ayniqsa, A.Ismoilov (gʻijjak va ansambl uchun "Holim soʻrma", "Uchra-shuv"; gʻijjak, qonun va nay uchun "Favvora", "Toʻyona" va boshqalar), Oʻ.Rasulov (gʻij-jak va ansambl uchun "Hayol", "Seni es-lab" va boshqalar)lar P. imkoniyatlarini teran ifoda vositasi darajasiga koʻtarishgan.

Oʻzbek (shuningdek, ozarbayjon, turk, tojik) anʼanaviy ijrochiligida sozanda va xonanda (T.Qodirov — "Dogʻman", "Tanavor", K.Rahimov — "Nargiz")lar ham P. unsurlaridan unumli foydalanishgan.

Toʻxtasin Gʻafurbekov.