Po

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Po — Italiyadagi eng katta dare. Uzunligi 652 km, havzasining maydoni 75 ming km². Gʻarbiy Alp togʻlaridan boshlanib, koʻp qismi Padana tekisligidan oqadi va Adriatika dengiziga botqoqli delta (maydoni 1,5 ming km²) hosil qilib quyiladi. Vodiysi keng, oʻzani egri-bugri. Daryoga juda koʻp irmoklar qoʻshilgan, delta qismida esa tarmoqlarga boʻlinadi. May—iyun va okt,— noyabrda toʻlib oqadi, tez-tez toshib turadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish jo-yida 1460 m³/sek. Dare dengizga yiliga 46 km3 suv, 13—15 mln. t oqiziqkel-tiradi. P.dan sugʻorishda foydalaniladi. GESlar qurilgan. Quyilish yeridan Pyachensa shahrigacha kema katnaydi. Irmoklari va kanallar orqali Lagomajore, Komo, Garda va boshqa koʻllar bilan tutashgan. Dare boʻyidagi yirik sha-harlar: Turin, Pyachensa, Kremona va boshqa[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil