Plakat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Plakat (nem. Plakat, frans. placard — eʼlon, afisha) — grafika turi; katta varaqqa ishlangan tasviriy sanʼat asari. Qisqa matn ilova qilinadi; tashviqot, reklama, informatsiya va oʻquvtaʼlim maqsadlariga xizmat qiladi. Zamonaviy P., odatda, rassom yaratgan asl nusxadan bosmaxonada koʻpaytiriladi. Olisdan koʻzga yaqqol tashlanishi, oʻta taʼsirchanligi, ommabopligi, tasvirining kinoyalarga boyligi, hammabop ramzlar ishlatilishi, turli hajmdagi shakllarni qiyoslash, umumlashma tasviriy shakllardan foydalanish kabi oʻziga xos badiiy vositalari bilan boshqa axborat manbalaridan farqqiladi. Bunda shrift va matnning joylanishi, shartli ranglar (yorqin bezaklar) qoʻllanilishi muxim rol oʻynaydy. Tasviriy vosita sifatida baʼzan fotografiya (mustaqil tarzda yoki rasm, rang-tasvir b-n) ishlatiladi.

19-a. 2yarmidan Gʻarbiy Yevropada reklama koʻrinishidagi P. yuzaga kelgan. Bungacha katta hajmdagi tashviqiy gravyura baʼzan P. deb atalgan. P. ijtimoiy- siyosiy hayot, xalq xoʻjaligi, madaniy vazifalar bilan bogʻliq xrlda rivojlandi. 1900-y.lar boshlarida siyosiy P. yuzaga keldi, demokratik harakat va tinchlik uchun kurash soha-sida katta yutuklarga erishildi. 1910 y.dan kitob-jur. grafikasidan uzokdashib, dastgoh grafikasiga yakinlashgan P. rangtasvir, grafika, foto sanʼati bilan koʻproq bogʻlandi. 20-a.

da P. tashvi-qotning jangovar quroliga aylandi. 2-jahon urushi yillarida oʻta taʼsirchan vositaga aylangan boʻlsa, hoz. kunda tinchlik uchun kurashda, jamiyat hayotida uch-rab turadigan kamchiliklarni bartaraf etishda va b.da muxim rol oʻynamoqda.

Oʻzbekistonda P. 19-a. oxiri 20a. boshlarida paydo boʻldi, 20-a. 20-y.

laridan keng tarqaldi. Dastlabki yillarda asosan qoʻlda ishlangan va koʻpaytirilgan P. va hajviy rasmlar keng qoʻllanilgan. Bosma P. 1923— 24-y.

lardan chop etila boshlandi. Us t a Nabi Hafizov, M.Kurzin, V.Ufimsev, V. Kaydalov va b. samarali ijod qildi. 2-jahon urushi yillarida P. yetakchi oʻrinni egalladi. P.chirassomlar uyushmasi tuzildi, OʻzTAG oynasi tashkil etildi (1941). P.da soʻnggi yangiliklar va muhim voqealar oʻz ak-sini topdi. 60—80-y.larda A.Balkanov, V.M.Gromiko, F.Kagarov, V.Yevenko, T.Tkachev va b. rassomlarning tinchlik, axloq, iqtisod, madaniy maʼrifiy mavzulardagi asarlari yaratildi. Jumladan, F.Kagarovning tinchlik mavzu-idagi P.lari xalqaro anjumanlarning ramziga aylandi. Rassomlarning ijo-diy izlanishlari tufayli P. Oʻzbekistonda tasviriy sanʼatning eng taʼsirchan ommabop turiga aylandi (A.A.Ziyoyev, T.A.Toxtarova, X.Hasanov, N.Hakimov, N. Husanov, I.Abdullayev, A.Nurqobilov va b.).

Axborot texnologiyasining rivojlanishi, poligrafiya ishlarining yangilanishi hamda xayotga keng koʻlamda kompyuter grafikasining kirib kelishi P.ning yangi imkoniyatlarini izlashni talab qiladi.[1]


Plakat - (nem. Plakat fr. placarde'lon, afisha plaquerdan — yopishtirish, yelimlash) — tomoshabinga tezda ta’sir etuvchi bir necha ranglar ishtirokidagi grafik tasviridir. Plakat san’ati tasviriy san’atning boshqa turlaridan mavzuning o’tkirligi, dolzarbligi va ranglar yorqinligi bilan ajralib turadi. Plakat san’ati grafika kabi refleks, «Poluton» qora bo'yoq va oq qog’oz bilan soya yorug’ni ifodalaydi, shakllanadi. Bunda asosan oq va qorani kontrastlar chiziq va kontur muhim rol o’ynaydi.

Tarix[tahrir]

Plakat san’ati Rossiyada 1930-1940 yillarda, shu jumladan O’zbekistonda 1940 yillarda rivojlandi. Plakat san’atining rivojlanishga M.Cheremnix, D.Moor, V.Deni, Kupriyanov, Nikolayev, Sokolov kabi rassomlar munosib hissa qo’shdilar. Odam qiyofasi tasvirlangan plakat boshqalarga nisbatan ajralib rassomdan chuqur bilim va mutaxassislik mahoratini talab etadi.

Odam qiyofasi tasviridagi plakat tomashabin qalbida chuqur iz qoldirishi kerak. Shuning uchun kompozitsiyada mayda detallarni keraklicha idrok bilan tahlil etish talab qilinadi. Buning uchun 1921 yili Volga bo’yida yuz bergan ocharchilikka bag’ishlangan «Pomogi» nomli plakatni misol qilib keltirish mumkin. Rassom ortiqcha detallardan voz kechib, dehqon kiyimiga odam qiyofasida - yuz, qo’l, oyoqlarini qora fonda ifodali tasvirlab, pastki planda esa singan, quruq, ojiz bug’doy boshog’i tasvirlangan, hamma butun mazmun yana bir so’z - «Pomogi» so’zi bilan o’z yechimini topgan. Singan, quruq bug’doy boshog’i orqali qurg’oqchilikni onalar ko’z yoshi, bolalar ko’zidagi qo’rquv o’z ifodasini topgan. Ko’p yillar o’tishiga qaramay bu plakat o’z mohiyatini yo’qotgan emas.

Rassom mo’yqalami va shoirning otashin so’zlari hamkorligida II jahon urushi yillari «OKNO TASS», «Боевой карандш», tashkil etildi. Vatan himoyasiga chaqiruvchi ko’p plakatlar chiqarildi. «Fashist bosqinchilariga o’lim!», «Berlingacha boramiz!» nomli plakatlar shular jumlasidandir. O’sha yillari O’zbekistonda Rojdestvenskiy, N.Kashina, Usta Mo’min, L. Abdullayev, V.Kaydalov, Venediktov, S.Malt, M.Reyx kabi rassomlar plakat janrida ijod qildilar.

Keyinchalik 1960-1980 yillari xalq xo’jaligini rivojlantirishga ekologiya, Orol muammosiga, hosil yig’im-terimi mavzularida plakatlar yaratiladi. V.Yevenko, A.Balkanov, F.Kagarov, N.Ten, X.Xasanov, A.Ziyayev kabi rassomlar O’zbekistonda plakat san’atini rivojiga o’z xissalarini qo’shdilar. Plakat asosiy kompozitsiya tasviri va plakat g’oyasini tushintiruvchi tekstdan iborat bo’lib tashviqot va targ’ibot vazifasini o’taydi. Plakat bir qarashdayoq tomoshabinni o’ziga jalb qila olishi kerak. Shuningdek mazmun va maqsad hamda undagi mavjud matn aniq va tushunarli bo’lishi kerak. Plakat turlari siyosiy, reklama, tashviqot sifatida bo’lishi mumkin.

Shu bilan birga plakatni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin: 1. Ornament yozuvli plakatda matn asosiy o’rinni egallaydi, qolgan joylari ornament bilan to’ldirilgan bo’ladi. Bunday kompozitsiya yechimi afisha va chaqiriq plakatlarida ishlatiladi. 2. Tasviriy - yozuvli plakatda asosiy o’rinni mavzuli tasvir egallaydi, matn esa asosiy fikrni amaliy ifodalaydi. Asosiy vazifa tarzida amaliy mashg’ulot uchun uncha qiyin bo’lmagan ornament, matn, chaqiriq, plakat eskizini misol qilib keltiramiz. Badiiy bezak amaliyotida ko’pincha mehnat jamoalarining hayoti va yutuqlarini aks ettiruvchi mavzudagi plakatlar bajariladi. O’qish jarayonida olgan bilimlar asosiy mahalla yoki jamoa klubi uchun «Navro’z» nomli mavzuga bag’ishlangan afishaga o’zbek milliy ornamentlar va gullarning tasvirini «Hosil bayrami» kuni uchun plakatda misol tariqasida paxta, meva va sabzavotdan iborat ornament kompozitsiya yechimi tavsiya etiladi.

Turli bayramlar, yubiley marosimlari saylovlarga bag’ishlangan plakatlarda chaqiriq matnlari, ornament, emblema, gerb, lavr barglari bilan bezatilgan plakat kompozitsiyasini eskizi bajariladi. Plakat kompozitsiya eskizini dastlab bir necha kichik varaqlarda yengil chizmalar bilan tasvir va tekstni yaxshi idrok etgan holda xomaki eskizlar bajarish lozim. Eskizni bajarish jarayonida asosiy fikrni mazmun va g’oyalarga soya va yorug’ «kontrast» ranglarga, qaratiladi. Xomaki eskizlarda kompozitsiya va rang yechimi topilgandan so’ng yakunlovchi plakat eskizini 30x40 sm hajmda guashda bajarish mumkin. Chunki guash bo’yog’i bezak ishlari va plakat ishlari uchun juda qulay.

Siyosiy tasviriy plakat eskizini bajarishda asosiy o’rin tasvirga beriladi, tekst esa unga yordamchi, vosita bo’lib qoladi. Misol uchun A. Balkanovning «Gullar hur O’zbekiston» nomli plakatini misol keltirish mumkin. Quyosh nurlari fonida O’zbekiston Respublikasi gerbi, bayrog’i tasvirlangan. Plakat orqali mehnatkash xalqning kelajagi ulug’ va porloq ekanligini o’qish mumkin. Shuning uchun plakat san’ati rassomdan professional mahorat, estetik madaniyatni talab qiladi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil