Piskom tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Piskom tizmasi - Gʻarbiy Tyan-Shandagi tizma. Shim.-sharkdan jan.-gʻarbga 130 km ga choʻzilgan. Oʻrtacha bal. 3200 m. Shim.-sharkda 4000 m dan jan.-gʻarbda 1900 m gacha pasayib boradi. Eng baland joyi — Beshtor choʻqqisi (4291 m). Tizmada Piyozak (3718), Oqtuyaoʻlgan (4224 m), Opalitov (4216 m) kabi choʻqqilar bor. Yon bagʻirlari tik, Piskom, Koʻksuv, Chatqol, Sandalash daryolarining irmoqlari bilan oʻyilgan. Shim.gʻarbiy yon bagʻri nisbatan qiya, Piskom daryosiga zinapoyasimon pasayib boradi. Jan.-sharqiy yon bagʻri esa qisqaroq boʻlib, unda bir nechta tekis yuzalar (Katta Sandiq, Kichik Sandiq, Baxtol) mavjud. Tizma paleozoy davri choʻkindi va otqindi togʻ jinslaridan tashkil topgan. Tektonik jihatdan gersin burmalanishida shakllangan mega-antiklinal boʻlib, toʻrtlamchi davrda sodir boʻlgan yangi tektonik harakatlar natijasida koʻtarilgan. Qishi sovuq, yozi esa salqin, sernam, yillik yogʻin miqsori pastki qismida 600 mm dan, yuqori qismida 1200—2000 mm ga ortadi. P.t. dan Piskom daryosining irmogʻi Oygaying va b. birkancha soylar boshlanadi. Tizmaning suvayirgʻich qismida 270 dan ziyod muzlik bulib, ularning umumiy mayd. 80 km² dan ortiq. Tizma hududida toʻq boʻz, jigarrang , qoʻngʻir togʻ-oʻrmon, togʻ-oʻtloq tuproqlar tarqalgan; olma, doʻlana, yongʻoq, archa va b. oʻsadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil