Petrozavodsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Petrozavodsk — Kareliyadagi shahar (1777-yildan). Kareliya Respublikasi poytaxti. Temir yoʻl tuguni. Onega koʻlidagi port. Aholisi 282,3 ming kishi (1998). P. Kareliyaning muhim sanoat markazi (respublika yalpi sanoat mah-sulotining 1/4 qismini beradi). Asosiy sanoat tarmoqpari: mashinasozlik va metallsozlik. "Petrozavodskbummash", Onega traktor, stanoksozlik, kemasozlik, radio zavodlari, uysozlik va taxta tilishmebel kombinatlari, slyuda fabrikasi bor. Yengil, oziq-ovqat (shu jumladan, baliq) sanoatlari mavjud. P.da Rossiya Fanlar akademiyasining Kareliya filiali, Petrozavodsk instituti, ped. institut, 4 teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari ishlab turibdi. P.ga 1703-yilda asos solingan. Ikkinchi jahon urushi davrida vayron boʻlgan P. qayta qurildi. Shaharda klassitsizm uslubida qurilgan 18-asrga oid binolar ansambli saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil