Pepe Képler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Pepe
Pepe-2.jpg
Shaxsiy ma'lumot
To'liq ismi Képler Laveran Lima Ferreira
Tavallud sanasi 26-fevral, 1983-yil
Tavvalud joyi    Maseyo, Braziliya, Braziliya bayrogʻi Braziliya
Bo'yi 187 sm
Ampluasi Himoyachi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Flag of Spain.svg Real Madrid
Raqami 3
Yoshligida a'zo bo'lgan klublar
2000-2001
2001-2002
Korintians Alagoano
Maritimu B
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gollar)*
2002–2004
2004-2007
2007 - h.
Maritimu
Portu
Real Madrid
63 (3)
64 (6)
94 (3)   
Milliy terma jamoa
2007– Portugaliya 37 (2)

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)

Kepler Laveran Lima Ferreyra “Pepe” (port. Képler Laveran Lima Ferreira "Pepe"; 26 fevral 1983, Масейо) — portugal-braziliyalik futbolchi, Real Madrid futbol jamoasi himoyachisi.

Mundarija

[tahrir] Faoliyati

[tahrir] Maritimu

18 yoshida Braziliyadan Portugaliyaning Maritimu klubi safiga qo’shildi. Uch yilda davomida yoshlar jamoasida o’ynadi. Anatoliy Bishovets qo’l ostida u himoya, hujumkor yarim himoyada va hatto hujumchi sifatida ham o’ynadi. 2004 yilda klubni tark etdi.

[tahrir] Portu

Portu futbolchi uchun 1 mln. yevro va hamda yana uch futbolchini berishga rozi bo’ldi.
Pepe o’zining Portudagi birinchi mavsumida asosan zahiradan maydonga tushdi. U asosan o’sha vaqtlardagi jamoa faxriysi Pedro Emanuel, Xorxe Kosta va Rikardu Koshtalar o’rniga maydonga tushdi. Lekin keyingi mavsumdan u Adrianse So qo’l ostida tarkibning asosiy o’yinchisi bo’la oldi. U Portudagi eng yaxshi himoyachilardan biri bo’lishga erishdi. O’sha mavsumda Portu ichki chempionatda g’olib bo’ldi.

Portuda o’zini ko’rsatishga muvaffaq bo’ldi. Iste’dodli himoyachi ekanligini isbotlay oldi va 2007 yili Portudan Real Madrid jamoasiga qo’shildi.

[tahrir] Real Madrid

10 iyul 2007 yili Real Madrid jamoasi futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. Unga ko’ra, jamoa unga besh yilga 30 mln. yevro maosh to’laydi. [1] 15 mart 2008 yili u Deportivo jamoasi bilan bo’lgan o’yinda o’zining darvozasiga gol kiritib qo’ydi va oqibatda jamoasi 1-0 hisobida mag’lub bo’ldi. Lekin shu mavsumda jamoa La Liga g’olibi bo’ldi. Pepe esa Barselona bilan o’tgan 1-0 g’alabali o’yinda eng yaxshi o’yinchi nomiga sazovor bo’ldi, u deyarli bir o’zi raqibning hujumlarini to’xtatishga erishgan edi.
21 aprel 2009 yili Xetafe bilan bo’lgan o’yinda raqib futbolchilariga bo’lgan qo’pol munosabatidan so’ng, u 10 ta o’yindan chetlashtirildi va uning uchun mavsum tugadi.
2009/10 mavsumda Pepe yana asosiy tarkibdan joy oldi. 4 oktabr 2009 yili Sevilya bilan bo’lgan o’yinda u o’zining debyut golini kiritdi. Shu yilning 12 dekabrida esa Valensiya bilan bo’lgan o’yinning birinchi bo’limning so’nggi vaqtida noqulay yiqilish oqibatida tizzasidan jarohat oldi va olti oy muddatga safdan chiqdi. [2] 17 dekabrda esa Pepe jarroxlik amaliyotini boshdan kechirdi. [3] Bu jarohati uning 2010 yilda bo’lib o’tadigan Jahon Chempionatida qatnashishiga to’sqinlik qilishi mumkin edi.
30 may 2010 yilda Portugaliya milliy futbol terma jamoasi tibbiy shtabi Pepening jarohati butkul tuzalgani va Jahon Chempionati final bosqichida qatnashishi mumkinligini e’lon qildi.
12 iyul 2011 yilda Real Madrid bilan shartnomasini 2016 yilgacha uzaytirdi.[4]

[tahrir] Erishgan natijalari

[tahrir] Qiziqarli faktlar

  • Pepe “Real Madrid”ning eng tez yuguradigan o’yinchilar uchligiga kiradi.
  • Pepening sevimli mashg’uloti – Ov.

[tahrir] Havola

[tahrir] Izoh

  1. Madrid pick up Pepe from Porto; UEFA.com, 10 July 2007
  2. На восстановление Пепе потребуется шесть месяцев
  3. Пепе успешно прооперирован
  4. "Official announcement". Real Madrid's official website. 12 July 2011. Retrieved 27 July 2011
Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda