Pediatriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pediatriya (yunoncha: pais — goʻdak va iatreia — davolash) — bola organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari, bolalar kasalliklarining kelib chiqish sabablari va ularning rivojlanish mexanizmlarini oʻrganadi; kasalliklarni aniklash, davolash va ularning oldini olish usullarini ishlab chiqadi.

Bolalarni ovqatlantirish, parvarish qilish, baʼzi bolalar kasalliklarini davolash toʻgʻrisida ayrim fikr va maslahatlar beruvchi mutaxassis Gippokrat, Galen, Abu Ali ibn Siio va boshqa asarlarida uchrasa ham, P. 19-asrning 2yarmida mustaqil fan sifatida shakllandi.

Oʻzbekistonda pediatriya sohasidagi tadqiqotlar Urta Osiyo universiteti tibbiyot fakulteti bolalar kasalliklari kafedrasida boshlandi. 1927-yilda Toshkentda Onalik va bolanikni muhofaza qilish ilmiy tadqiqot institutining tashkil qilinishi, keyinchalik tibbiyot institutlarida pediatriya fakultetining ochilishi, 1962-yilda Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshida "Bolalar organizmining norma va patologiyadagi yosh xususiyatlari" muammolari respublika komissiyasining tuzilishi, 1966-yilda "Akusherlik, ginekologiya va pediatriya ilmiy tadqiqot instituti"ning qayta tashkil qilinishi, 1972-yilda Urta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti (xoz. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti)ning barpo etilishi P. fanining tez rivojlanishiga imkon berdi.

1920-yildan boshlab mahalliy turmush sharoitlari, ularning bola organizmiga taʼsiri, Oʻzbekiston sharoitida bolalar kasalliklarining kechish xususiyatlari va ularning oldini olish yoʻllarini oʻrganishga kirishildi; bezgak kasalligi (N. I. Osinovskiy, K. G. Titov, L. M. Isayev, L. S. Aleksandrova), bolalikdagi visseral leyshmanioz va boshqa kasalliklar oʻrganildi (N. I. Xodukin, R. S. Gershenovich, M. A. Mirzoyan, V. K. Ivanov), 50—60-yillarda bolalardagi oʻtkir va surunkali meʼda-ichak kasalliklari ustida ish olib borildi (S. G. Shamsiyev, H. A. Yunusova, O. S. Maxmudov, V. G. Balobonkin, M. A. Mir-zamuhamedov, F. X. Nazarmuhamedov, B. A. Aminov, A. H. Hamroyev va boshqalar).

Respublikamiz iqlim sharoitida bolalar siydik yoʻlining fiziologiyasi va patologiyasi (K. X. Tohirov, L. S. Aleksandrova, A. S. Saydaliyev, A. S. Sulaymonov), bolalar sili (M. 3. Lyu-betskaya, A. A. Saidaxmedov, V. A. Elkonina), qon kasalliklari oʻrganildi (A. T. Toʻrayev, N. N. Chukanin, 3. N. Bekna-zarova). Ona qornidaligida gipotrofiyaga uchragan bolalarda ularning yoshiga va ovqatlanish turiga qarab aminokislotalar almashinuvi masalasi, nefritda bolalar immun reaktivligi koʻrsatkichlari, oʻtkir va surunkali virusli gepatitlarning oldini olish, ularga tashhis qoʻyish va davolash masalalari (H. A. Yunusova, O. S. Maxmudov, N. S. Loginova, K. M. Mirzayev, T. O. Daminov), oʻt pufagi va oʻt yoʻllari kasalliklari, revmatik kasalliklar, yosh bolalarda elektroensefalik xususiyatlar oʻrganildi (M. A. Mirzamuhamedov, I. A. Bodnya, S. N. Yoʻldosheva, M. R. Nuritdinov, A. T. Oqilov, S. Abdurahmonova va boshqalar). Bolalardagi zotiljam, allergik va immunologik kasalliklar, shuningdek, P. fani va amaliyotining eng dolzarb muammosi — sogʻlom avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazish ustida keng koʻlamda ilmiy ishlar olib borilmoqda. Bola sogʻliq holatining mamla-katimizga xos boʻlgan meʼyor koʻrsatkichlari, bola organizmining immun hola-ti, sogʻlom va bemor bola ovqatlanishi masalasi hamda buni yaxshilash yoʻl-yoʻriqlari, sogʻlom turmush tarzini targʻibot qilish va boshqa muammolarni har tomonlama oʻrganish boʻyicha ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda.

Dilbar Mahmudova.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil