Paxtakor Markaziy Stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paxtakor Markaziy Stadioni
Pakhtakor Markaziy Stadium.jpg
Sobiq nom(lar)i Центральный Стадион Пахтакор Ташкент
Joyi Flag of Uzbekistan.svg O'zbekiston, Toshkent
Qachon qurilgan 1954-1956-yillari
Qachon ochilgan 1956-yil
Qachon taʼmirlangan 1996, 2008, 2012-yillari
Egasi Paxtakor futbol klubi
Operator Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
Yuzasi tabiiy chim, grass
Meʼmor Flag of the Soviet Union.svg Bulatov Mitxat Sagatdinovich
Hajmi 35.000 (futbol)
Maydon oʻlchamlari 112m x 72m
Maydon egalari
Paxtakor futbol klubi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi

Paxtakor Markaziy Stadioni — Toshkent shahrida joylashgan futbol maydoni.

Stadion 1956-yilda qurilgan va 1996-yili qayta renovatsiya soʻng, Paxtakor stadioni 55 ming tomoshabinni sigʻdira olgan. 2008-yil stadion taxtali oʻrindiqlari, zamonaviy oʻrindiqlarga almashtirilishi natijasida stadion sigʻimi 35 ming kishiga moslashtirildi. Paxtakor Stadioni O'zbekistonda sig'imi b'yicha eng katta hisoblanadi (35.000 o'rindiq).

Tarix[tahrir]

Paxtakor stadioni 1954-1956-yillar oraligʻida Toshkent markazida hashar yoʻli bilan qurilgan. 11 avgust kuni Anhor yoqasida qad koʻtargan sport majmuasi foydalanishga topshirilgan va unga respublikamizning etakchi jamoasi kabi „Paxtakor“ deb nom berilgan. Oʻyingoh oʻz bagʻriga 50 mingdan ziyod tomoshabinni toʻplab, tugʻilgan kunini nishonlagan. Bayramga aylanib ketgan tantanalarda quruvchilaru paxtakorlar, sportchiyu sanʼatkorlar, mutasaddiyu murabbiylar yangi majmua ishqibozlarga koʻplab tarixiy musobaqalarni tuhfa etishini tilashgan.[1]

Muxlislar bilan to'lgan Paxtakor stadioning markaziy sektori

Yangi stadionda birinchi uchrashuv 1956-yilning 20-avgustida boʻlib oʻtgan. 35 ming muxlis toshkentlik futbolchilarning Tbilisilik raqiblari bilan bahsini miriqib kuzatgan. 19-sentyabrda esa „Paxtakor“ markaziy arenasi dastlabki xalqaro uchrashuvga mezbonlik qilgan. „Paxtakorchilar“ Albaniya poytaxti Tirananing „Dinamo“ jamoasi bilan kuch sinashib, zafar quchishgan.

XXI asr avvalida klubda amalga oshirilgan islohotlar markaziy stadionga ham taʼsir oʻtkazdi. Yarim asr mobaynida sport ahliga astoydil xizmat koʻrsatgan arenani yangidan qurish zarurligini tushungan klub rahbarlari saʼy-harakatlari bilan 2007-yilning iyulidan kapital qayta qurish va taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi va 2008-yil yakunida qurulish ishlari yakuniga yetkazildi.

Manbalar[tahrir]

  1. Paxtakor Markaziy stadioni