Parana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Parana
ispancha: Paraná
portugalcha: Paraná
Tavsif
Uzunligi 4 880
Suv sarfi 16 000[1] m³/s
Joylashuvi
Davlat Argentina, Braziliya va Paragvay
Parana
Sharshara

Parana (ispancha: Paraná, portugalcha: Paraná; guarani tilida — katta daryo) — Janubiy Amerikadagi daryo, kattaligi boʻyicha qitʼada Amazon daryosidan keyin 2-oʻrinda. Braziliya va Argentina hududlarida, qisman Argentina bilan Paragvay chegara-sidan oqadi. Uzunligi 4380 km, havzasining maydoni 2663 ming km² (Urugvay daryosi bilan birga 2970 ming km²). Riograndi va Paranaiba daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Braziliya yassitogʻligidan boshlanadi. Paranada ostona va sharshara koʻp. Dare Parana lavali platosini kesib oʻtgach, Posadas shahri yonidan boshlab La-Plata payettekisligidan oqadi. Quyi qismida Urugvay daryosi bilan qoʻshilgach, Atlantika okeanining La-Plata qoʻltigʻi (estuariysi)ga kuyiladi. Yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlin suv davri yanvar—may oylariga toʻgʻri keladi. Quyi oqimida yillik oʻrtacha suv sarfi 17,5 ming m³/s, maksimali 30 ming m³/s. Dare yiliga okeanga 552 km3 (Urugvay daryosi bilan birga 725 km3) suv, 150 mln.t gacha oqiziq keltiradi. Posadas shahrigacha kema katnaydi. Yirik GES va suv omborlari qurilgan. Parana buyida Posadas, Korriyentes, Santa-Fe, Parana, Rosario; La-Plata estuariysi sohilida BuenosAyres va Montevideo shaharlari joylashgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil