Paradokslar roʻyxati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyida paradokslar roʻyxati keltirilgan.

Mantiq[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Timsoh dilemmasi: agar timsoh bir bolani oʻgʻirlasa va uni otasiga timsoh nima qilishini topish sharti bilan qaytarishni vaʼda qilsa, ota timsoh bolani qaytarmasligini aytsa, timsoh nima qilishi kerak?
  • Ichuvchi paradoksi: har qanday mayxonada agar u ichsa, hamma ichadigan odam topiladi.
  • Lotereya paradoksi: bir lotereya chiptasida yutuq yoʻqligiga ishonish barcha chiptalar yutuqsizligiga ishonishga olib keladi.
  • Qarg'a paradoksi: yashil olmalar soni oshishi barcha qargʻalar qora ekanligi ehtimolini oshiradi.
  • Kutilmagan qatl paradoksi: qatl kuni nomaʼlum, demak u hech qachon sodir boʻlmaydi, demak u nomaʼlum qoladi.

Oʻz-oʻziga ishorat[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sartarosh paradoksi: sartarosh barchaning soqolini oladigan erkaklarni qirtishlaydi. U oʻzini qirtishlaydimi?
  • Sud paradoksi: yurist talaba domlasiga birinchi ishini yutib chiqsa, pul toʻlashini vaʼda qiladi. Domla darhol toʻlov talab qilib talabani sudga beradi.
  • Curry paradoksi: „Agar ushbu gap toʻgʻri boʻlsa, Ayoz Bobo mavjuddir.“
  • Istisno paradoksi: „Agar har qoidaning istisnosi boʻlsa, har qoidaning istisnosi boʻlishi qoidasining ham istisnosi boʻlishi kerak.“
  • Yolgʻonchi paradoksi: „Ushbu gap yolgʻondir“ yoki "Ushbu savol javobi — „yoʻq“mi?" yoki „Men aldayapman.“
  • Teskari kun: "Bugun teskari kun, " demak bugun teskari kun emas, chunki gap teskari.
  • Russell paradoksi: oʻzini ichiga olmaydigan barcha toʻplamlar toʻplami oʻzini ichiga oladimi?
  • Suqrot paradoksi: „Hech narsa bilmasligimni bilaman.“
  • Kamtarlik: "Men dunyodagi eng kamtar odamman".

Noaniqlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tezey kemasi: agar biror kemaning bir qismi almashtirilsa, u hamon oʻsha kema boʻlib qoladi. Demak kemaning barcha qismlarini almashtirilsa, u yana oʻsha kema boʻlib qolaveradi. Biroq, eski qismlardan yana bir kema yasalsa, yana bir oʻsha kema paydo boʻladi.
  • Uyum paradoksi: bitta qum donasi uyum emas. Unga yana bir qum donasi qoʻshilsa ham uyum boʻlmaydi. Demak hech qanday qum miqdori uyum boʻlmaydi.

Matematika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ehtimollik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monty Hall muammosi: qaysi eshikni tanlash kerak?

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Euler, Leonhard (1768). "Remarques sur un beau rapport entre les séries des puissances tant directes que réciproques". Memoires de l'academie des sciences de Berlin 17: 83–106. http://www.math.dartmouth.edu/~euler/docs/originals/E352.pdf. "... quand on dit que la somme de cette série 1 - 2 + 3 - 4 + 5 - 6 &c. est ¼, cela doit paroitre bien paradoxe"