Panpsixizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Panpsixizm (pan... va yun. psyche — ruh, jon) — tabiatni umuman jonli deb hisoblovchi tasavvur. P.ning tarixiy shakllari xilma-xil boʻlib, ibtidoiy eʼtiqod boʻlgan animizm va yunon falsafasidagi gilozoizmdan tor-tib to ruh va psixikani dunyoning haqiqiy mohiyati deb talqin etuvchi rivojlangan taʼlimot (G.V.Leybnitsning monada konsepsiyasi, G.T.Fexner, K.G.Yung va boshqalarning falsafiy gʻoyalari)gacha oʻz ichiga oladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil