Palma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Palma, Palma-demalorka — Ispaniyadagi shahar, Malorka o. (Balear o.lari)da. Balear Orollari viloyati va Baleares provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 319,1 ming kishi (1998). Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, kemasozlik, oynashisha sanoati korxonalari, universitet bor. Gilam ishlab chiqariladi. Shaharga 3-a.da asos solingan. 13—15a.larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. P. va uning atrofi dengiz iqlim kurorti. Turizm markazlaridan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil