Palestrina, Jovanni Pyerluiji da Palestrina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Palestrina (Ralestrina), Jovanni Pyerluiji da Palestrina (taxm. 1525, Rim yaqinidagi Palestrina sh. — 1594.2.2, Rim) — italyan kompozitori, Rim polifonik maktabi asoschisi, Uygʻonish davri musikasining yirik namoyandasi. 1544—51 y.lari Palestrina sh.dagi cherkov xor kapellasida organchi va kapelmeyster, soʻngra Rim kapellalarining mu-siqa rahbari. Ijodi asosini diniy xor asarlari tashkil etadi (jami 100 dan ortiq messa, 180 ga yaqin motet, oʻnlab madrigallar, magnifikatlar va b.). Koʻp ovozli vokal musikaning mumtoz namunalarini yaratgan. Musiqa uslubiga polifoniya va garmoniya vositalarining oʻzaro uygʻunligi, orombaxsh kuylar ravonligi, mushohadali va samimiy obrazlarning ichki muvozanati xos.