Pagoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pagoda (portugalcha pagoda, sankritcha — bxachavat) — budda memorial inshooti. Buddizmga aloqador tabarruk narsalar saqlanadigan joy. Pavilon yoki minora (baʼzan koʻp qatlamli) koʻrinishiga ega. Dastlab, mil.ning boshlarida Xitoyda barpo etilgan. Koreya, Yaponiya, Jan. Sharqiy Osiyo mamlakatlari meʼmorligida keng tarqalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil