Padana tekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Padana tekisligi, PadanaVenetsiya tekisligi — Italiyaning shim. qismidagi tekislik. Alp va Apennin togʻlari bilan Adriatika dengizi oraligʻida. Padana tekisligi usti qalin dengiz va daryo jinslari bilan toʻlgan tektonik bukilma. Uzunligi 500 km chamasida, eni 200 km gacha. Yer yuzasi, asosan, tekis, balandligi gʻarbida 300–400 m. Tekislikning markaziy qismidan Po daryosi va uning irmoqlari oqib oʻtadi. Iqlimi subtropik, ayrim_joylarida moʻʼtadil iqlim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 0—4°, iyulniki 22—24°. Yillik yogʻin 600–1000 mm. Toshqinlar boʻlib turadi. Oʻrmonlar qirqilib oʻrni ekinzorga aylantirilgan. Padana tekisligi — Italiyaning asosiy sanoat va qishloq xoʻjaligi rayoni. Bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi ekiladi. Tokzorlar va mevali bogʻlar bor. Padana tekisligida Milan, Turin, Venetsiya, Bolonya shaharlari joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil