Ozonosfera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ozonosfera — Yer sirtidan 10— 50 km balandlikda joylashgan ozonli atmosfera qatlami. [[Ozon 20—25 km balandlikdagi O.da eng koʻp toʻplanadi (q. [[Ozon). O.da ozonning hosil boʻlishi va uning balandlik boʻyicha tarqalishini fotokimyoviy nazariya tadqiq qiladi. [[Ozon Quyosh radiatsiyasini kuchli yutadi, shuning uchun Quyosh radiatsiyasining biologik jihatdan ancha faol qismi Yer sirtiga yetib kelmaydi. Radiatsiyani yutishi natijasida O. qatlamida t-ra ancha koʻtariladi. O.dagi ozonni tekshirish uchun har xil balandlikda olingan xavo namunasi taxlil qilinadi,: Yer sirtidagi yoki zond va raketalar yordamida atmosferaga olib chiqilgan optik asboblar (spektrofotometr va b.)dan foydalaniladi. O. maʼlumotlari Quyosh radiatsiyasining Yer atmosferasida yutilish tabiatni oʻrganishda juda muhim. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil