Ostrovskiy Aleksandr Nikolayevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ostrovskiy Aleksandr Nikolayevich [1823.31.3 (12.4), Moskva- 1886.2 (14).4, Kostroma gubernyasi] — rus dramaturgi. Dastlab 1-Moskva gimnaziyasi (1835— 40), keyin Moskva universitetining yuridik fakultetida (1840—43) oʻqigan. Ammo oʻqishni tugatmay, Moskvadagi vyukdon sudi (1843—45) va tijorat sudida (1845—51) xizmat qilgan. Sud muassasalarida ishlash O.ga yozilajak pyesalari uchun boy material bergan. O.ning dastlabki "Kam-bagʻal qarzdor" va "Oilaviy baxt manza-rasi" komediyalari "Moskovskiy gorodskoy listok" ("Moskva shahri varana-si") gaz.da bosilgan (1847). O.ning "Kam-bagʻal qarzdor" pyesasi asosida yaratilgan "Qoʻynidan toʻkilsa koʻnjiga" komediyasi (1849) Moskvadagi teatr jamoatchiligiga manzur boʻlgan. Ammo asar Nikolay I tomonidan taqiqlanib, mu-allif politsiya nazorati ostiga olingan. O. qalamiga mansub asarlar jami 47 ta boʻlib, ular "Ostrovskiy teatri" degan adabiy hodisani tashkil etgan.

O.ning adabiy-estetik qarashlari V. G. Belinskiy asarlari taʼsirida shakllangan. 40-y.larda yashagan boshqa rus yozuvchilari singari, O. ham sanʼ-atkor oʻziga zamondosh jamiyatning turli qismlarini maxsus oʻrganib, zamon-doshlar uchun xalq hayotining hanuzgacha tasvir etilgan sohalarini kashf eti-shi lozim, deb hisoblagan. 40-y.larda yashagan rus yozuvchilari ijodidagi ana shu tamoyil "fiziologik ocherk"da, ayniqsa, yorqin koʻringan. O.ning dastlabki pyesalari mazkur "fiziologik ocherklar" uslubida yozilgan.

O. ijodi 3 bosqichdan iborat. Ijodining l-bosqichida dramaturg Rossiyadagi islohotlarga qadar boʻlgan hayotni tasvir etgan boʻlsa ("Oilaviy turmush", 1847; "Qoʻynidan toʻkilsa qoʻnjiga", 1849; "Bechora kelin", 1852; "Kambagʻallik ayb emas", 1853 va b.), 2-bosqichida islohotdan keyingi rus jami-yati hayotini aks ettirgan ("Eski doʻstga nima yetsin" 1860; "Kechikkan muhab-bat", 1873; Balzaminovlar oilasi haqidagi trilogiya, 1856—61; "Quturgan pullar", 1869; "Boʻrilar va qoʻylar", 1875 va b.). "Boy kelinlar" (1875) pyesasi bilan O. ijodining 3-bos-qichidagi "gʻamgin komediyalar" turku-mi boshlanadi. Dramaturg bu davrda "Haqiqat yaxshi-ku, ammo baxt afzal"(1876), "Yurak tosh emas" (1877), "Sep-siz qiz" (1878), "Aybsiz aybdorlar" (1883) singari asarlarini yozgan.

O. pyesalari sovet davrida Oʻzbekiston teatrlarida oʻzbek va rus tillarida namoyish etilgan. O.ning ayniqsa, "Momaqaldiroq", "Sepsiz qiz", "Aybsiz aybdorlar", "Kambagʻallik ayb emas" singari qator pyesalari oʻzbek tiliga tarjima etilib, uzok, yillar davomida oʻzbek sahnalarida ijro etildi.

Manbalar[tahrir]

  • Pyesalar, T., 1956; Sobraniye sochineniy, t. 1-10, M., 1959-60.

Adabiyot[tahrir]

  • Filippov V. A., Velikiy russkiy dramaturg A. N. Ostrovskiy, M., 1948; A. N. Ostrovskiy v vospominaniyax sovremennikov, M., 1996.

Naim Karimov.