Oqqoʻrgʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqqoʻrgʻon — kushonlar davriga oid qishloq harobasi (miloddan avvalgi1-asr — milodiy 4-asrlar). Sherobod shahridan 8 km jan.-gʻarbda, Xoʻjaqiya qishlogʻi yaqinida joylashgan. O.ning saqlanpo qolgan kis-mi toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, balandligi 3- 4 m, maydoni 0,6 ga. 1973—74 yillarda Oʻzbe-kiston FA Arxeologiya institutining Baqtriya ekspeditsiyasi (Sh. Pidayev) tomonidan arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. Stratigrafik izlanishlar davomida yodgorlikning madaniy qatlamlari 6,5 m ni tashkil etishi va unda 5 ta meʼmoriy bosqich mavjud boʻlganligi aniqlangan. O.ning eng soʻnggi meʼmoriy bosqichi toʻliq ochib oʻrganilgan. Bu yerda 5 ta aloqida joylashgan uylar majmuasi borligi qayd etilgan. Uylar bir-birlari bilan katta koʻcha va hovlilar bilan ajralib turgan. Har bir uy majmuasi 10 ga yaqin xonadondan iborat boʻlib, ularda kichik oilalar istiqomat qilgan. Kichik oilaga 2—3 ta xona tegishli boʻlgan. O.da jami 70 tadan ortiq xonalar ochib oʻrganilgan. Uylarning devorlari 60— 80 sm balandliqsa saqlangan. Devorlar kvadrat shaklidagi xom gʻishtlardan va paxsadan barpo etilgan. Koʻpgina xonalarning devorlari loy suvoq ustidan oklangan. Ayrim xonalar loy suvoq ustidan ganch bilan suvalgan. Janubiy uy majmuasidagi bir xona oʻzining katta oʻlchamlari, devorlari qora va qizil ranglar bilan bezatilganligi bilan ajralib turadi. Bu xona qishloq ja-moasi oqsoqolining qabul xonasi boʻlgan deb taxmin qilinadi. O.da olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davomida yuqori sifatli turli shakldagi bejirim sopol idishlar, temirdan yasalgan pichoq, oʻroq, oʻq-yoy nishlari, qoshiqlar, turli qimmatbaxr toshlardan yasalgan marjonlar, jez koʻzgular, shisha marjon va idishlar, tosh yergʻuchoq, tegirmontoshlar, urchuklar, fil suyagidan ishlangan soch toʻgʻnogʻichlari, ayol maʼbudalarning terrakotadan ishlangan haykalchalari, ot, suvoriy, yoʻlbars, sher, echki, qoʻy, maymun, kabutar kabilarning haykalchalari topilgan. Topilmalar orasida turli tarixiy davrlarga oid tangalar alohida oʻrin egallaydi. Bu yerda Geliokl tangalariga taklid qilib zarb kilingan tangalar, kushon shohlari Vima Takto, Vima Kadfiz, Kanishka, Xu-vishka, Vasudeva, kushon-sosoniylar va soson-kushoniy tangalari (jami 152 ta tanga) topilgan. Qishloq harobasida bunchalik koʻp tangalarning topilishi, kushonlar davrida tovar-pul munosabatlari juda yuqori taraqqiy qilganligidan dalolat beradi. O.da Budda xaykalining topilishi buddaviilik dinining qishloq aholisi orasiga kirib borganligidan guvoxlik beradi. O. aholisi, asosan, dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullangan. Dehqonchilik bilan boglik mehnat qurollari qishloqning oʻzida tayyorlangan. Dehqonchilik Sherobod daryosidan kanal orqali keltirilgan suvga asoslangan. O. qishloq jamoasi yashagan yodgorlik boʻlib, kushon saltanatining inqirozidan keyin vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sabablar oqibatida tashlab ketilgan. 13-asrda qishloq harobasiga bir necha qabrlar qoʻyilgan. Qabrlarning biridan oltindan ishlangan sirgʻa va moʻgʻullarga xos boʻlgan paykon topilgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pidayev Sh. R., Poseleniya kushanskogo vremeni Severnoy Baktrii, T., 1978. Shokirjon Pidayev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil