Oqboʻyra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oqboʻyra
Tavsif
Uzunligi 148
Davlat Qirgʻiziston
Oqboʻyra


OqboʻyraFargʻona vodiysining janubi-sharqidagi daryo. Kichik Olay tizmasining suvayirgʻich qismidan boshlanadi. Uzunligi 70 km. Havzasining maydoni 2676 km². Oʻsh shahridan shimolida tarmoklarga ajraladi. Tekislikka chiqquncha 60 km masofada chuqur darada oqadi. Qor va muz suvidan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 21,1 m³/sek., oqim moduli 7,9 l/sek, km². Iyun — iyul oylarida yillik suvining 16,6—17,7% oqib oʻtadi. O.dan Oʻsh viloyati tumanlari va Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani yerlari sugʻoriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil