Olot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Olot (Olot tumani)dan yoʻnaltirildi)

OlotBuxoro viloyati Olot tuma-nadagi shahar (1982 y.dan). Tuman marka-zi. Viloyat markazi (Buxoro sh.) dan 70 km. T. y. stansiyasi. Buxoro sh. bilan temir yoʻl va shosse yoʻli orqali bogʻlangan. O. marka-zidan Buxoro—Turkmanobod xalqaro temir yoʻl va avtomobil yoʻllari oʻtgan. Amu-Qorakoʻl kanali shaharning jan.dan oʻtadi. Aholisi 11,5 ming kishi (2003). "Olot" atamasining orlot turkiy urugʻ (qabila) nomidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Shaharda tuman hokimiyati binosi, "Olotteks" qoʻshma korxonasi, asfalt, gʻisht, konserva zavodlari, Amu-Buxoro kanali boshkarmasi, koʻchma qurilish mexanizatsiyalashgan kolonnasi, MTP, aloqa boʻlimi, 7 umu-miy taʼlim, musiqa maktablari, qish-loq xoʻjalik kasb-xunar kolleji, kasb-hunar maktabi, kutubxona, bolalar ku-tubxonasi, muzey, klub, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona va b. tibbiy muassasalar hamda savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil