Olloqulixon karvonsaroyi va timi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olloqulixon karvonsaroyi va timi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (183233). Toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (69,0x58,0 m), burchaklariga guldasta – minoralar ishlangan. Karvonsaroyga shim. va jan.dagi peshtoq orqali kiriladi. Uning keng hovlisi (46,3x42,4 m) va hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (4,6x2,9 m) bir xil hajmda 105 tani tashkil qiladi. Hujralar hovli sahniga qaratilgan. Burchaklaridagi 8 ta hujralar (5x5 m) gumbazi baland qilib ishlangan, ular eshik tepasidagi tobadon panjaralari orqali yoritiladi. Tomi balxi gumbazli. Xovliga kiriladigan yoʻlak 2 tomondan peshtoq bilan che-garalangan. Peshtoq qanotlari ichida 2-qavatga olib chiqiladigan aylanma zinalar bor. Pastdagi xonalarda yuk saqlangan, yuqrridagilaridan mehmonxona sifatida foydalanilgan.

Karvonsaroyning tashqi va ichki tuzilishida oʻziga xos tomonlar bor. Masalan, shu tipdagi binolarda ichkariga maxsus xonalar orqali aylanib oʻtil-sa, bu yerda ichkariga yuklar bilan 2 gumbaz ostidan toʻgʻri oʻtish mumkin. Hovli oʻrtasi otaravaga mol yuklashga qulaylashtirilgan. Tim karvonsaroyga nisbatan keyinroq qurilgan. Karvonsaroyning bosh tarzi tim qurilishi (183538)da tamoman oʻzgartirilgan. Pastki qavatda ravoqlar asosi mustahkamlangan, 24 ta hujraning 2-qavati butunlay buzilgan va tim gumbazlari (katta gumbaz diametri – 9,5 va 10,7 m, kichik gum-baz diametri – 6,0 m)ni oʻrnatish uchun moslashtirilgan. Tim tarxi —74x26,5 m, 2 ta katta gumbaz (markazida va gʻarbida), 2 qatorli 12 ta mayda gumbazlar karvonsaroy oldidagi katta gumbazli xonaga kelib takalgan, xuddi shunday gumbazli xona timning gʻarbida ham bor. Tim ichkarisi gumbazlardagi tuynuklar orqali yoritilgan. Timda savdo rastalari joylashgan. Gumbazlarni qurishda ustalar binoga mos (toʻrtburchak, chorsi, olti qirrali shakllarda) qurilma asosini topa olganlar. Karvonsaroy toʻgʻri toʻrtburchaklar koʻrinishida boʻlib, faqat burchaklarida minoralari mavjud. Uning uzunlamasiga oʻqi tomon yoʻnaltirilgan qurulish ishlari janubiy-shimoliy burchakka qadar yetib borgan boʻlib, janubdan kirish eshigi va ikkita tomonida gumbazli oʻtish joyi – darvazaxona mavjud. Janubiy va shimoliy hovlilarda imoratlarning aksar qismini oddiy ortiqcha bezaklarsiz xonalar tashkil qiladi. Perimetri boʻylab ikki qavatli hovli mavjud hujralarning bir xil qurulish uslubi va koʻrinishini davom ettirgan. Imoratning pastki qismi omborxona vazifasini bajargan. Ikkinchi yuqori qavat esa – tashrif buyurgan savdogarlarning vaqtinchalik turar joyi boʻlib xizmat qilgan. Oddiy hujralar toʻrtburchak shaklda qurilgan. Ulardan sakkiztasi burchaklarga qad koʻtargan kvadrat hudjralar hisoblanadi. Ikki qavatli imoratga kirish yoʻlaklari diagonal tarzda tashkil etilgan. Hovli yonbagʻirlaridan yarim sakkizburchak shaklida bezatilgan manzarali joylar mavjud boʻlgan. Hovli atrofida ikki qavatda umumiy hujaralar soni 104 tani tashkil qilgan. Ulardan 24 tasi - binoning qurilishi oldidan asosiy eʼtibor markazida boʻlgan. Tim gumbazlarinig pastki qavatdagi hujralari koʻchaga ochiladigan doʻkonlar boʻlib xizmat qilgan. Ulardan bugungi kunga qadar saqlanib qolganlari mavjud. Uylar „balxi“ gumbazlari bilan qoplangan. Hamma hujralar tashqi fasadi maxsus qoplama yordamida qoplangan. Hovlida inshootlarni oqlash ishlari olib borilgan. Bugungi kunda Illoqulixon karvonsaroy va timi ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirilgan.

Oʻlchamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

69,0x58,0 m – umumiy; hovlisi 46,3x42,4 m; oddiy hujralar – 4,6x 2,9 m; burchakdagi hujralar – 5,0X 5,0 m[1].

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mankovskaya L., Bulatova V., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Маньковская Л., Булатова В. Памятники зодчества Хорезма 1978, s. 107-108.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil