Old Trafford

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Old Trafford
Orzular teatri (Theatre of Dreams)
Old Trafford after its most recent expansion
Old Trafford
Joyi Sir Matt Busby Way
Old Trafford
Yuqori Manchester
Angliya
Asos solingan 1909
Qachon ochilgan 19-fevral 1910-yil
Egasi Manchester Yunayted
Operator Manchester Yunayted
Yuzasi maysa
Inshoot narxi £90,000 (1909)
Meʼmor Archibald Leitch (1909)
Hajmi 75,957 seated[1]
Maydon oʻlchami 105 × 68 m[2]
(114.8 × 74.4 yd)
Maydon egalari
Manchester Yunayted (1910–hozirgacha)

Old Trafford (/ˈtræfərd/) — Manchester Yunayted futbol klubining uy stadioni. Majmua Manchester shahrining Old Trafford (Yuqori Manchester) qismida joylashgan. Sigʻimi 74,310 kishiga moʻljallangan. Bagʻriga muxlislarni qabul qilish boʻyicha Birlashgan Qirollikdagi eng yirik futbol stadioni (va umumiy hajmi boʻyicha Uembli stadionidan keyin ikkinchi). Hajmi boʻyicha Yevropada boʻyicha oʻn birinchi oʻrinni egallab turibdi[3].

Majmuaga Bobbi Charlton tomonidan „Orzular teatri“ („The Theatre of Dreams“) nomi berilgan[4]. Old Trafford 1910-yildan beri „MYu“ ning uy stadioni hisoblanadi. Klub 1941-yildan 1949-yilgacha Ikkinchi Jahon urushi fonida B. Britaniyaning bombardimonlanishi sababli keltirilgan zararlar natijasida mahalliy raqib Manchester Siti bilan „Meyn Roud“ stadionini baham koʻrishga majbur boʻladi[5]. Old Trafford 1990- va 2000-yillarda bir nechta kengayish bosqichlarini boshdan kechirdi. Jumladan, Shimoliy, Gʻarbiy va Sharqiy tribunalarga qoʻshimcha qavatlar qoʻshildi. Stadion deyarli 80 000 kishilik sigʻimga yetdi[6]. Kelajakda kengaytirish Janubiy qismga ikkinchi sektorni qoʻshish rejasini oʻz ichiga oladi. Bu esa sigʻimni 88 000 kishiga yaqinlashtiradi. Stadionga tashrif buyurish rekordi 1939-yilda qayd etilgan. Oʻshanda 76 962 tomoshabin Angliya kubogi yarim finalida „Vulverxempton Uonderers“ va „Grimsbi Taun“ oʻrtasidagi uchrashuvni tomosha qilgan[7].

Old Trafford tashkiliy rejasi. Soyali maydon tashqaridagi muxlislar uchun moʻljallangan boʻlimni bildiradi.

Old Trafford Angliya kubogi finaliga, shuningdek, ikki marotaba takror oʻtkazilgan finalga mezbonlik qilgan. Majmuadan muntazam ravishda musobaqaning yarim finali uchun neytral maydon sifatida foydalanilgan. Shuningdek, Angliya terma jamoasi uchrashuvlari, 1966-yilgi Jahon chempionati, Yevro 1996 va 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari, jumladan, oʻz tarixida birinchi marta ayollar xalqaro futboli va 2003-yilgi Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qilgan. Futboldan tashqari, bu yerda 2020-yilni hisobga olmaganda, regbi ligasining Superliga Grand Finali va 2000-, 2013- va 2022-yillarda Regbi Ligasi Jahon kubogi finali oʻtkaziladigan joy vazifasini oʻtagan[8].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Morgan, Steve (2010). McLeish, Ian (muh.). „Design for life“. Inside United. № 212. Haymarket Network. 44–48-bet. ISSN 1749-6497. {{cite magazine}}: Unknown parameter |month= ignored (yordam)
  2. Club Directory“,Premier League Handbook Season 2010/11 (PDF), London: The Football Association Premier League, 2010 — 39 bet.  (Wayback Machine saytida 20-aprel 2011-yil sanasida arxivlangan)
  3. „Manchester Sightseeing Bus Tours“. 2015-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyul.
  4. Barnes et al., p. 45
  5. McCartney (1996), p. 13
  6. McCartney (1996), p. 13
  7. Rollin and Rollin, p. 254-255
  8. „England to play at Old Trafford“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (2009-yil 3-fevral). 2009-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]