Okkupatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Okkupatsiya, harbiy okkupatsiya (lot. occupatio — egallash, bosib olish) — xalqaro huquqda — urush olib borayotgan tomonning kurolli kuchlarining dushman hududini vaqtincha egallab olishi. Harbiy O. rejimi 1907 y.gi 4-Gaaga konvensiyasi va "Fuqaro aqolini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Jeneva konvensiyasi (1949) bilan tartibga solinadi. Bu huj-jatlarda O. qilib turgan hokimiyat oʻzi egallagan joylarda tartibni saklashi, fuqarolarning shaʼni, oilaviy xuquqlari va hayotini qurmat qilishi, mol-mulk, madaniy boyliklarni yakson qilmasligi, O. qilingan hududning siyosiy takdiri toʻgʻrisidagi masalani hal etmasligi va sh.k. nazarda tutilgan. O. rejimini buzish xalqaro jinoyat hisoblanadi, bunda javobgar boʻlgan shaxslar harbiy jinoyatchilar deb qaraladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil