Odnoklassniki.ru

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Odnoklassniki
Muallif: Albert Popkov
tashkil topdi: 4-mart 2006-yildа
Til(lar): ruscha, ukraincha, gurjincha, armancha, moldovancha, Oʻzbekcha, ozarbayjoncha
Status: ishlayapti
Janr: Ijtimoiy toʻr
Vebsayt: odnoklassniki.ru

"Odnoklassniki.ru" — sinfdoshlar, kursdoshlar, sobiq bitiruvchilar, hamda qarindosh va yaqinlarni izlab topish va ular bilan aloqa qilish uchun yaratilgan ko'p tilli ijtimoiy toʻr. Loyiha 2006-yil 4-mart kuni oz' faoliyatini boshlagan, muallifi esa rossiyalik veb-yaratuvchi Popkov Albert. Saytning hususiy statistikasidagi berilgan maʼlumotlarga koʻra 2011-yil iyulda 100 milliondan ziyod, 2012-yil martda esa 148 million foydalanuvchi roʻyhatdan oʻtgan.

Sutkasiga 30 milliondan ortiq foydalanuvchi davomat qiladi.

Mundarija

Kompaniya [tahrir]

Kompaniya idorasi Moskvadagi, Leningrad prospekti 47-uyda joylashgan.

Tarix [tahrir]

2006-yil [tahrir]

Loyiha 2006-yil mart oyida o'z faoliyatini boshladi. Sayt muallifi,Popkov Albert Mihaylovich, Londonda istiqomat qiladi va telekommunikatsiya sohasida ishlaydi. Bu shaxs evropa mamlakatlarida ham „Odnoklassniki“ga oʻxshash yaratishda ishtirok etgan.

Noyabrda saytda foydalanuvchilar soni 1,5 millionga etdi

2007-yil [tahrir]

2007-yilning iyul oyida Odnoklassniki.ru saytini foydalanuvchilar soni ikki martaga oshib 4 millionga etdi

2009-yil [tahrir]

2009-yil iyul oyidagi maʼlumotlarga koʻra sayt rossiyaning 14-55 yil oraligʻidagi internet foydalanuvchilari orasida peshqadamlarning (lider) biri boʻldi.

2010-yil [tahrir]

Odnoklassniki.ru saytida roʻyhatdan oʻtganlar soni 45 millionga etdi. Aprel oyining boshida saytda i-Jet kompaniyasi yaratgan oʻyinlar paydo boʻldi.

31-avgustda toʻr roʻyhatdan oʻtishni bepul qildi.

24-dekabrda ijtimoiy toʻr foydalanuvchilari videochatni ishlatib koʻrish imkoniga ega boʻldi