Odilbek Rustamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Odilbek Rustamov (1895 — Andijon — 1968) — sozanda (surnay, nogʻora), mehtar, Rustam mehtar Yusufalizodaning oʻgʻli. 1927—60 yillarda (turli vaqtlarda) Andijon teatrida ishlab, yosh xonanda, sozanda, raqqos(a)larga taʼlim bergan. Buzruk, Segoh, Dugoh, Iroq maqomlarining surnay yoʻllarini, shuningdek, "Adoiy", "Miskin", "Gul oʻyin" kabi ommabop raqs kuylarini mahorat bilan ijro etgan. Oʻzbekiston radio qoʻmitasi (1956) va Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida (1963) Rustamov ijrosida 70 dan ortiq kuy yozib olingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Rustamov Odilbek" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil