Odam Ato
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Odam Ato Ibrohimiy dinlarda Xudo tarafidan yaratilgan birinchi insondir. Diniy adabiy qahramondir. Ibrohimiy dinlarning har birida Odam Atoning hikoyasi bir biridan farq qilsada, asosi bir xildir.
Mundarija |
[tahrir] Islomda Odam
Musulmonlar Odam birinchi yaratilgan inson va payg'ambar ekanligiga ishonadilar. Islomning muqaddas kitobi Qur'onda Odam Ato haqida yetti boshqa boshqa joylarda yozilgan.
Islomda Adamni tuproqdan yaratilganligiga va Olloh Odamga yagona aqilli jonzod bo'lgani uchun boshqa jonzodlarga o'rgatmagan narsalarni unga o'rgatganligiga ishoniladi. Olloh farishtalarga Odamga sajda qilishni buyuradi, lekin Iblis kibri tufayli unga sajda qilmaydi. Kibri sababli u Jannatdan haydaladi. Bazilar Iblisni isyonkor farishta bo'lganiga ishonsalarda, Qur'onda Keyf Surasi 50-oyatida Iblis farishta emas, balki jin ekanligi ifoda etilgan.
Odamga juft qilib birinchi ayol, Momo Havo yaratiladi. Olloh ularga Jannatda bitta daraxtning mevasidan tashqari hamma mevalarni yeyishga ruhsat beradi. Bir kuni iblisga ishonib yeyish man qilingan mevani yeydilar. Bu itoatsizlik tufayli Olloh ularni Jannatdan haydaydi va Yer yuziga yuboradi. Yer yuzida ko'payishadilar.
Islom madaniyatida katta ahamiyatga ega bo'lgan bu qissa keyinchalik bir qancha madaniy va diniy oqimlarning tasiri tufayli yanada afsonaviy va Qur'ondagida farqli tus oladi. Bugungi kunda bu qissaning ko'p bir biridan farqli variantlari bor.
[tahrir] Yahudiylikga ko'ra Odam
Yahudiylarga ko'ra Odam borliqning yaratilishini oltinchi kunida tuproqdan yaratiladi. Birinchi bobda Erkak va Ayol birga yaratilgan deyiladi, ikkinchi bobda Ayolni Erkakning qovurg'asidan yaratilgan deyiladi. Birinchi bobdagi ayolning ismi Lilith, ikkinchisida esa Havo.
[tahrir] Hristiyanlikda Odam
Odam qissasi haqida Tavrotning Yaratilish bo'limida so'z yurutiladi. Hristiyanlikda Odamning Jannatda qilgan birinchi gunohi katta ahamiyatga ega. Odamning bu gunohi butun insoniyatga o'tgan va Iso bu gunohni yo'q qilish uchun kelgan Xudo Qo'zisidir. O'zini bu gunoh uchun fido etgan.
[tahrir] Fan va Odam Ato
1800-yillardan beri evolutsiya nazariyasi Darwin'ning inson birdaniga yaratilmagan, balki evolutsiya sababli hosil bo'lgan degan ko'rishlari tarafdori. Dunyoviy bilimda Odam faqatgina afsonaviy qahramon deb qabul qilingan. Bu qarashga qarshi chiqgan olimlar ham yo'q emas. Diniy olimlar esa bu nazariyani turli hil yo'llar va fikrlar bilan rad qilib kelmoqdalar.

