Hazrat Obloqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Obloqulov Hazratdan yoʻnaltirildi)

Hazrat Obloqulov (1928, Gʻijduvon tumani Todon qishlogʻi) — usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2000); Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi (1998). Mehnat faoliyatini Ikkinchi jahon urushi yillari Gʻijduvon tumani Todon qishlogʻidagi jamoa xoʻjaligi aʼzoligidan boshlagan. 1960-yildan shu tumandagi S. Ayniy nomli jamoa (hozirgi shirkat) xoʻjaligida paxtachilik brigadasi boshligʻi, 1999-yildan bosh pudratchi. O. rahbarlik qilayotgan jamoa aʼzolari paxtachilikda yangi agrotexnologiyalarni qoʻllab, yuqori hosildorlikka, shartnomaviy rejalarni muntazam oshirib bajarishga erishdi. Koʻplab shogirdlar yetishtirgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil