O’zbekiston temir yo’llari
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| O’zbekiston temir yo’llari | |
|---|---|
![]() |
|
| Turi | Davlat Aktsiyadorlik Temir Yo`l Kompaniyasi |
| Asos solingan yili | 1994 yil, 7-noyabr |
| Joylashuvi | Toshkent |
| Muhim shaxshlar | Ramatov, Achilbay: Kompaniya raisi |
| Ishchilar soni | 54 700 dan ortiq |
| Veb-sahifasi | http://uzrailway.uz/ |
DATYK "O’zbekiston temir yo’llari" Davlat Aktsiyadorlik Temir Yo`l Kompaniyasi - O’zbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. DATYK "O’zbekiston temir yo’llari" Davlat Aktsiyadorlik Temir Yo`l Kompaniyasi 1994 yil 7-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi xududida joylashgan sobiq Oʻrta Osiyo temir yo’llari negizida tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy yo`llarining umumiy uzinligi bugungi kunda 3645 kilometrga yaqinni tashkil etadi. Kompaniyada 54,7 mingdan ziyod kishi ishlaydi. Kompaniyaning yillik yuk aylanmasi barcha turdagi transport yuk aylanmasining 90% ga yaqinini tashkil etadi.
Mundarija |
[tahrir] Kompaniya faoliyati
Kompaniya faoliyatining asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar:
- temir yo’l bo`ylab yuklarni ekspeditsiyalash va etkazib berish;
- temir yo’l vagonlarini ta`mirlash va texnik xizmat ko`rsatish;
- yo’lovchilarni, turistlarni tashish;
- lokomotiv va vagon parkini yangilash, xizmat ko'rsatish.
Kompaniya uchun ustuvor yo'nalish:
- optik tolali tarmoqlarni qo'llash bilan aloqa kanallarini mustahkamlash;
- yangi elektrovoz va vagonlar sotib olish, shuningdek borini modernizatsiyalash;
- yangi temir yo’llar qurish;
- temir yo’llarni elektrifikatsiyalash;
- temir yo’llarni kapital ta`mirlash loyihalarini amalga oshirish, kompaniya zavodlarida yo'lning yuqori qurilmasi elementlarini, ehtiyot qismlarni va boshq. ishlab chiqarishni tashkil etish.
