Oʻzga sayyoraliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzga sayyoraliklar deb Yerdan tashqari sayyoralarda paydo boʻlgan organizmlarga aytiladi. Oʻzga sayyoraliklarning mavjudligi hozirgi kunda (2012) isbotlanmagan, bu tushuncha asosan fantastika va ufologiyada qoʻllaniladi.

Ommaviy madaniyatda oʻzga sayyoraliklar ongli, tamaddun qurish darajasiga yetgan, hatto fan-texnikasi Yer aholisinikidan ancha ilgʻorlagan, baʼzan esa Yerni ishgʻol qilish niyatida qilib tasvirlanadi.