Oʻzbekiston aholisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samarqandning Registon maydonidagi bolalar. Oʻzbekiston aholisining uchdan bir qismi 14 yoshdan kichikdir.

Oʻzbekiston aholisi 29 million 500 ming kishidan ziyod[1] boʻlib (2012-yil 1-yanvariga koʻra), shahar aholisi 15 696 ming kishini tashkil etadi (2011). Aholi zichligi 1 km2 ga 62 kishi. Oʻzbekistonda Oʻrta Osiyodagi jami aholining 1/3 qismidan koʻprogʻi yashaydi.

Demografik rivojlanish tarixi[tahrir]

Oʻrta Osiyo hududida yashagan ibtidoiy odamlarning qad. manzilgohlari quyi paleolit davriga to‘g‘ri keladi. Jez davrida O‘zbekiston hududida chorvador va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar yashagan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri yemirilib, qabilalar oʻrtasida mulkiy munosabatlar vujudga keldi.

Eron shohi Doro I ning Behistun yozuvlarida oʻzbek xalqining qadimiy ajdodlari xorazmiylar, sug‘'iylar, saklar, baqtriyaliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Yunon va rim tarixchilari Gerodot, Strabon, Arrian va Ptolemey hozirgi Oʻzbekiston hududida yashagan saklar haqida maʼlumotlar qoldirganlar.

O‘zbeklarning alohida elat boʻlib shakllanishi uzoq yillar davomida sodir boʻlgan etnik jarayonlar mahsuli dir. Ular O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hoz. Oʻzbekis ton hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanib kelgan mahalliy aholi: sugʻdiylar, xorazmiylar, baqtriylar, chorvador sak-massagetlar kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryolari boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham oʻzbek xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. Markaziy Osiyoning keng hududida yashagan bu etnoslar, asosan, turkiy va sharqiy eroniy tillarda so‘zlashganlar. Amudaryo va Sirdaryo havzalari oraligʻining o‘troq aholisi va chorvador qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi jarayoni natijasida o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, oʻzbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllangan.

Mil. avv. III-asrda Sirdaryoning oʻrta oqimida Qangʻ davlati hukm surgan davrda Amudaryo va Sirdaryo oraligʻi va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat yuzaga keladi. Arxeologik va tarixiy majmualarda bu madaniyat «Qovunchi madaniyati» nomi bilan qayd etilgan. Antropolog olimlarning ta‘kidlashicha, aynan shu davrlarda O‘rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholining tashqi qiyofasida hoz. o‘zbek va voha tojikla riga xos O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i antropologik tipi to‘liq shakllanadi.

O‘zbek xalqining etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda 45-a.larda O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoy, Jan. Sibir va Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xioniy, kidariy va eftaliylardir. Shuningdek, o‘zbeklar etnogeneziga O‘rta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent vohasi, Farg‘ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylari va Xorazm)ga kelib o‘troqlashgan turkiy etnik komponentlar faol ta‘sir ko‘rsatadi. Bu komponent lar va mahalliy aholi o‘rtasidagi etno-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida yangi qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xo‘jalik an‘analar b-n jadal uyg‘unlashuvi yuz beradi. 7-a.ning 30-y.laridan boshlab o‘lkamiz «Turkiston» nomi b-n atala boshlagan.

8-a.da arab va ajam xalqlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi b-n mahalliy aholining etnik tarkibida ma‘lum darajada o‘zgarishlar sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo mintaqadagi etnik jarayonlar ga kuchli ta‘sir etmagan. Bu davrda Movarounnahrdagi o‘troq va yarim o‘troq turkiyzabon aholi, sug‘diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o‘z hududlarida arablar hukmronligida yashaganlar.

911-a.larda Movarounnahrda yaxlit turkiy qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kelib, o‘z navbatida sug‘diylar va b. mahalliy etnoslar b-n integratsiyalashuv jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo‘lib, bu qatlam asosining aksariyat ko‘pchiligi o‘troqlashgan turg‘un turkiy etnoslardan iborat bo‘lgan.

Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga o‘tishi munosabati b-n sodir bo‘lgan etnik jarayonlar o‘zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo‘ldi. Aynan shu davrda o‘zbek xalqiga xos elatni belgilovchi hududiy, madaniy -ma‘naviy umumiylik, etnik o‘zlikni anglash ma‘lum bir davlat doirasidagi etnik uyushqoqlik, din umumiyligi kabi etnik omillar shakllandi. Bu davrda o‘zbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, elat shakllanishi dagi muhim ahamiyatga molik aksariyat etnik alomatlar shakllanib yetiladi. Shunday qilib, asrlar osha yurtimizda kechgan o‘ta murakkab siyosiy vaziyatda muttasil davom etgan etnik jarayonlar natijasida 1112-a. boshlarida o‘zbek xalqi shakllandi.

O‘zbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlani shi 19-a.ning 2-yarmidan boshlab podsho Rossiyasi bosib olgandan so‘ng keskin o‘zgardi. Bu holat aholi soni, milliy va yosh-jinsiy tarkibi, ko‘payish sur‘atlari, joylashish xususiyatlarida o‘z aksini topdi. Rossiyadan dehqonlar ko‘chirilib, Mirzacho‘lga joylashtiril di, Sharqiy Turkistondan uyg‘urlar ko‘chirilib keltirilib, respublika sharqidagi tog‘ vodiylarida ular uchun joy ajratildi. 1897 y.da o‘tkazilgan aholi ro‘yxatiga muvofiq O‘zbekiston hududida 3,9 mln. kishi yashagan, shundan 19 % shahar aholisi edi. Tub aholining migratsion harakatchanligi past bo‘lgan. Aholining ko‘chib keluvchilar hisobiga o‘sishi podsho hukumati mustamlakachilik siyosatining natijasi edi. Shu siyosat tufayli o‘lkada yangi-yangi qishloq va shaharchalar barpo etildi. Biroq shunga qaramay 18651900 y.larda aholi 0,6 % ga ko‘paydi. 20-a.ning 1-choragida ham aholi o‘sishida sezilarli o‘zgarish bo‘lmadi. 192440 y.lar davomida O‘zbekiston aholisi 2,3 mln. kishiga oshdi, aholining o‘sishi yiliga 3 % ga teng bo‘ldi.

2-jahon urushi O‘zbekiston aholisi ning soniga, uning tarkibi va joylashuviga nihoyatda salbiy ta‘sir ko‘rsatdi. Urush natijasida respublika 1 mln.dan ortiq aholisini yo‘qotdi. Aholining umumiy soni 194045 y.larda 6,6 mln. kishidan 5,2 mln. kishigacha kamaydi.

Urushdan keyingi davrda aholi o‘sish sur‘atlarida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Aholining soni 5,2 mln.dan 8,4 mln.gacha ko‘paydi. Bunda ham sof tabiiy ko‘payishdan ko‘ra chetdan ko‘chirib keltiril gan aholining salmog‘i katta bo‘ldi. 20-a.ning 6080-y.larida respublika aholisi tarkibida o‘zbeklarning soni muntazam ravishda yuqori sur‘atlar b-n ko‘payib bordi. 1989 y.da o‘zbeklar salmog‘i respublika aholisining tarkibida 71,4 % ni tashkil etgan.

O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tishi uning demografik tarixida mazmunan yangicha bosqichga o‘tishni taqozo etdi. Respublikada bozor munosabatlarining shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sharoitlarning o‘zgarishi natijasida yangi demografik jarayon boshlandi: tug‘ilish keskin kamaydi, mamlakatdagi slavyan xalqlar, yahudiy, mesxeti turk, grek, ukrain, nemis va b. xalqlarning ma‘lum qismi o‘z tarixiy yurtlari va b. xorijiy davlatlarga ko‘chib ketdi. Eng katta manfiy migratsiya saldosi 1990 y.da kuzatilib, 181,2 ming kishini tashkil etdi. Mazkur demografik jarayonlar O‘zbekiston aholisining o‘sish sur‘atlarini qisqarishiga olib keldi. Keyingi 15 y. davomida respublika aholisi 4,8 mln.ga ko‘paydi, o‘sish sur‘ati 1,8 %ni, o‘rtacha yillik mutlaq ko‘payish soni 400 ming kishini tashkil qildi.

Aholining joylashishi va zichligi[tahrir]

Respublika aholisi, asosan, qadimdan o‘zlashtirilgan, sug‘orma dehqonchilik uchun sharoit qulay bo‘lgan voha va vodiylarda zich joylashgan.

Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod, Qarshi, Markaziy Farg‘ona, Ellikqal‘a cho‘llarini o‘zlashtirish natijasida hamda turli qazilma boyliklar konlarini topish asosida vujudga kelgan shahar va shaharchalar ham aholining hududiy tarkibiga o‘zgartirishlar kiritdi. Biroq yangi aholi manzillari aholining asrlar davomida tarkib topgan hududiy shakllariga katta o‘zgarishlar kirita olmadi. Aholining asosiy qismi tug‘ilib o‘sgan joyida istiqomat qiladi. Bundan cho‘l mintaqalarida yashovchi aholi mustasno. Shu b-n birga shaharlar tarmog‘idagi o‘zgarishlar shahar aholisining dinamikasi va joylashishiga katta ta‘sir qildi. Keyingi yillarda ularda sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. 19902005 y.larda mamlakat aholisi ning o‘sish sur‘ati pasayib borayotgan davrda ba‘zi viloyatlarda bu jarayon sekinroq kechdi.

O‘zbekistonda demografik vaziyatning eng muhim xususiyatlari aholi o‘sish sur‘atlarining pasayib borishi; aholi tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichining kamayishi; tashqi migratsiya natijalarining manfiylashuvi; shahar aholisining sust o‘sishi va b. Mamlakatning shahar aholisi nihoyatda notekis joylashgan bo‘lib, asosiy qismi Toshkent sh.ga to‘g‘ri keladi. Biroq Toshkent sh. aholisi so‘nggi yillarda deyarli o‘smadi, natijada uning O‘zbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 1990 y.dagi 10,5 %dan 8,2 % ga tushib qoldi. Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘is ton Respublikasining demografik salohiyati pasaydi, Jizzax viloyatida o‘zgarmadi, qolgan hududlarda esa oshdi. hoz. kunda O‘zbekiston aholisining 16,4 % Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ga to‘g‘ri keladi. Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham biroz o‘sish bo‘ldi.

19912005-y.larda O‘zbekiston viloyatlari bo‘yicha shahar aholisining o‘sishida sezilarli darajada nomutanosib lik kuzatildi. Bu yillarda respublika shaharlari aholisining o‘sish sur‘ati 0,9 % bo‘lib, bu ko‘rsatkich Surxondaryo da 3,2 %; Jizzaxda 2,8 %; Sirdaryoda 0,6 %; Buxoroda 0,7 %; Xorazmda 0,8 % va Toshkent viloyatida 0,2 % ni tashkil etdi.

Yuqoridagi o‘zgarishlarga qaramay, respublika aholisining hududiy mujassamlashuvi darajasi hamon Farg‘ona va toshkent iqtisodiy r-nlarida yuqori. Farg‘ona vodiysiga mamlakat aholisi ning 28 %, Toshkent sh. va viloyatiga 18 % to‘g‘ri keladi. Aholi zichligi 1 km2 ga 58 kishi bo‘lib, bu ko‘rsatkich mamlakat miqyosida 70 karraga farq qiladi yoki boshqacha aytganda, 7,3 kishidan (Navoiy viloyati) 552,5 (Andijon viloyati) kishigacha yetadi. Farg‘ona, Namangan, Xorazm viloyatlarida aholi juda zich, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respubli kasida zichlik ko‘rsatkichi ancha past.

O‘zbekiston Respublikasi jami aholisining 36,3 % shaharlarda, qolgan qismi qishloqlarda yashaydi. So‘nggi yillarda urbanizatsiya darajasining pasayib borishi va qishloq aholisi hissasining o‘sishi kuzatilmoqda.

Aholining tabiiy ko‘payishi[tahrir]

O‘zbekistonda aholi tabiiy ko‘payishiga oid mufassalroq ma‘lumotlar 19-a.ning 2-yarmidan boshlab mavjud. Aholining tabiiy ko‘payishi 1-navbatda tug‘ilishga bog‘liq. Respublikada 19-a. oxiri 20-a. boshlarida tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan. 18651917 y.larda tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 ta kishiga nisbatan tug‘ilganlar soni) 4550 %ni tashkil etgan. Tug‘ilish fiziologik imkoniyat darajasida bo‘lgan, oilada farzandlar tug‘ilishi cheklanma gan. Buning asosiy omillari o‘zbek ayollarining ijtimoiy i.ch. da juda kam ishtiroki, ma‘lumotlilik darajasi ning pastligi, tug‘ilishni qo‘llab-quv vatlovchi urf-odat va qadriyatlar ta‘sirining nisbatan yuqoriligi, go‘daklar o‘limining ko‘pligidir.

O‘sha davrda aholi o‘rtasida o‘lim hollari ham yuqori bo‘lgan. 18861900 y.larda O‘zbekiston hududida 1000 ta aholiga nisbatan o‘rtacha 49,8 ta bola tug‘ilgan bo‘lsa, o‘lganlar soni (har 1000 kishi hisobiga) 44,8 ga teng edi. Demak, o‘sha davrda o‘zbek oilalarida tug‘ilish yuqori bo‘lishiga qaramay aholi o‘rtasida o‘limning ko‘pligi, o‘rtacha umr ko‘rish davri juda qisqa bo‘lgani (32 yosh) tufayli aholining tabiiy ko‘payishi sust kechgan. Boshqacha aytganda, yuqori tug‘ilish yuqori tabiiy o‘sishni ta‘minlay olmasdi, tug‘ilishning «foydalilik» darajasi past bo‘lgan. Mazkur dalillar O‘zbekiston aholisining tabiiy ko‘payishi 19-a. oxiri 20-a. boshlarida Yevropa xalqlaridan 3,5 barobar kam bo‘lganini ko‘rsatadi. Natijada aholi sonining o‘sishi juda sekin kechgan. 18851917 y.larda O‘zbekiston aholisi 3320 mingdan 4052 mingga yetdi yoki aholining soni har yili o‘rtacha 0,6 % atrofida o‘sdi.

Bu ko‘rsatkich hozirga qaraganda 3,1 marta kam, chunki 1991—2000 y.larda O‘zbekiston aholisi yiliga 1,9 % dan ko‘paydi.

1939—2004 y.lar, ya‘ni 65 yil mobaynida respublika aholisi 4,0 marta ko‘paygan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich shahar joylarda 6,4 va qishloqlarda 3,3 martani tashkil etgan. Albatta, ko‘rilayot gan davrning turli oraliqlarida va qishloq hamda shahar joylarda aholi sonining ko‘payish sur‘ati turlicha bo‘lgan. Jumladan, 193959 y.larda jami aholi 127,9 % ga, shahar aholisi 185,6 % va qishloq aholisi 108,5 %ga o‘sgan. 195970 y.larda respublika jami aholisi 145,3 %ga, shahar aholisi 158,4 % va qishloq aholisi 141,3 %ga o‘sgan, o‘rtacha bir yillik ko‘payish 3,45, 4,25 va 3,20 %ni tashkil etgan. Aynan shu yillar O‘zbekiston o‘zining tarixiy demografik rivojlanishining eng yuqori ko‘rsatkichlariga erishgan.

Undan keyingi yillarda aholi sonining o‘sishi biroz susaygan, biroq shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan tezroq ko‘payish jarayoni saqlanib qolgan. Mas., 197079 y.larda shahar aholisi 146,9 %ga, qishloq aholisi 120,9 % va jami aholi soni 130,4 %ga ortgan. 197989 y.lar mobaynida shahar aholisi 126,7 va qishloq aholisi 130,1 %ga o‘sgan. Ko‘rinib turibdiki, bu davrdan respublika qishloq joylarining demografik rivojlanishi shahar va shaharchalarga qaraganda ustunroq bo‘lgan. Urbanizatsiya jarayonining bunday zaiflashuvi o‘tgan asrning 80-y.larining 2-yarmidan boshlangan, 1984 y.da shahar aholisining ulushi 42 %gacha ko‘tarilgan va shundan so‘ng u asta-sekin kamayib borgan.

So‘nggi yillarda respublika umumiy aholisi ko‘payish sur‘atining pasayishi va qishloq aholisining shaharlik larga nisbatan tezroq o‘sish jarayoni kuzatilmoqda. Ayni paytda shahar aholisining ko‘payish sur‘ati eng past darajaga tushib qolgan (1,05 %). 2000-05 y.larda aholining o‘rtacha o‘sish sur‘ati 1,2 % ni tashkil etdi va o‘rtacha yillik mutlaq sonining o‘sishi 310,4 ming kishiga tushdi. Mazkur davrda qishloq aholisi 4,4 mln.ga, shahar aholisi 1 mln.ga ko‘paygan. Buning natijasida shahar aholisining salmog‘i 40,4 % dan 35,9 % ga tushib qoldi.

Tug‘ilish va tabiiy ko‘payish koeffitsiyentlari bo‘yicha respublika viloyatlarining qishloq aholisini mutanosib ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: birinchisiga tug‘ilish darajasi (20-22 %) va tabiiy ko‘payish darajasi (14-17 %) o‘rtacha bo‘lgan 8 ta viloyat (Buxoro, Andijon, Navoiy, namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent) kiradi. Tug‘ilish (23-24 %) va tabiiy ko‘payish darajasi (1819 %) nisbatan yuqori bo‘lgan ikkinchi guruhga Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi kiradi. Shahar aholisi ichida o‘rtacha tug‘ilish darajasi (1620 %) 8 ta viloyatda kuzatil moqda. Namangan viloyatida shahar aholisining tug‘ilishi nisbatan yuqori (20,2 %). Shahar aholisi ichida tug‘ilish darajasi past bo‘lgan (16 %) 4 viloyat mavjud. Bular Buxoro, Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari.

1991 y.da O‘zbekistonda yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va bu o‘zgarishlar 1-navbatda uning demografik vaziyati ga o‘z ta‘sirini ko‘rsatdi. O‘zbekiston da tug‘ilish jarayonining nisbatan yuqoriligining asosiy sabablaridan biri oila qadriyatlari hamda nikohdan o‘tish jarayonining yuqoriligidir. Mas., 2005 y. har 1000 kishiga shaharlarda 7,0 nikoh to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ajralish ko‘rsatkichi 0,6 ga teng bo‘ldi. 19912004 y.larda O‘zbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni 34,5 dan 22,3 gacha yoki 1,2 punktga qisqardi. 2005 y.da aholi 292,1 ming kishiga yoki 2004 y.dagiga nisbatan 1,1 % ga ko‘paydi.

O‘zbekistonda tug‘ish yoshi koeffitsi yentlari ham qisqarmoqda. Tug‘ilgan bolalarning asosiy qismi nisbatan yosh ayollarga to‘g‘ri keladi. Bu holat so‘nggi yillarda yanada barqarorlashdi.

Respublikada 19801995 y.larda o‘lim koeffitsiyenti 7,5 promilledan 6,4 promillegacha qisqardi. Bu jarayon, asosan, go‘daklar, bolalar va o‘rta yoshdagi kishilar o‘rtasida o‘lim darajasining kamayishi b-n bog‘liq. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi 1-navbatda aholi o‘limining keskin kamayishiga olib keldi. Agar 18861920 y.larda O‘zbekistonda har 1000 kishi hisobiga o‘lganlar soni 4034 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 1920 y. dan keyin bu ko‘rsatkich 56 barobarga kamaygan. Respublika shahar hududlari da aholi o‘limi qishloq joylarga nisbatan yuqoridir. Bunga sabab ekologik vaziyatdagi o‘zgarishlar, shahar turmush tarzidir. Sanoat rivojlangan Toshkent sh.da aholi o‘limi eng yuqori. O‘lganlar soni 2005 y.da 2004 y.ga nisbatan 6,6 % ga yoki 8,6 ming kishiga oshdi. Go‘daklar o‘limi koeffitsiyenti esa 2004 y.dagi 15,4 % dan 14,3 %ga kamaydi.

Aholi migratsiyasi[tahrir]

O‘zbekiston aholisi sonining o‘zgarishida migratsiyaning ahamiyati katta bo‘lgan. O‘zbekistonning Podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida bu yerga juda ko‘p oilalar ko‘chib kelgan. Ularga ko‘chib kelish va joylashishda keng imtiyozlar berildi, tabiiy-iqlim sharoitlari qulay bo‘lgan joylardan yer ajratildi.

19-a.ning so‘nggi 35 yili davomida O‘zbekistonga Rossiyadan jami 7075 ming yoki yiliga o‘rtacha 2 mingdan ortiq kishi ko‘chib kelgan. Ko‘chib kelganlarning aksariyati shaharlarda, jumladan Toshkentda joylashdi. 20-a. boshlarida ko‘chib keluvchilar salmog‘i yanada oshgan. Mirzacho‘lni o‘zlashtirish uchun, keyinroq t.y.lar qurilishi, sanoat korxonalarining barpo etilishi munosabati b-n Rossiyadan oilalarning ko‘chib kelishi natijasida migratsiya oqimi kuchli bo‘lgan. Ayniqsa, Toshkent zilzilasi (1966) dan so‘ng tashqi migratsiya yanada kuchaygan, poytaxt aholisi tez ko‘paygan.

Mamlakatda yirik sanoat markazla ri bo‘lgan Chirchiq, Olmaliq, Angren, Navoiy, Zarafshon, Ohangaron, Farg‘ona, Bekobod sh.lari aholisi ko‘p jihatdan bu yerga ko‘chib kelganlar asosida o‘sib bordi.

Umuman olganda, tashqi migratsiya ning O‘zbekiston aholisi sonining o‘sishidagi hissasi turli yillarda turlicha bo‘lgan. Mas., 18951900 y.larda migratsiya qoldig‘i jami aholi ko‘payishining 1012 %ni tashkil etgan. Mazkur omilning roli 20-a.ning boshlarida ham sezilarli bo‘lgan: o‘rtacha bir yilda ko‘paygan har 10 kishidan bittasi tashqi migratsiya hisobiga to‘g‘ri kelgan.

1917-24 va 2-jahon urushi yillarida migratsiya qoldig‘i respublika uchun manfiy natijaga ega bo‘lgan. Qolgan yillarda, ayniqsa, urushdan keyingi 5 yillikda chetdan ko‘chib kelganlar soni ketganlarga qaraganda ancha ko‘p bo‘lgan. Aynan shu yillarda tashqi migratsiya O‘zbekiston aholisi sonining o‘rtacha yillik ko‘payishining taxm. 1/3 qismini tashkil etgan. 195074 y.larda respublikalararo migratsiya qoldig‘i O‘zbekistonda 832,5 ming kishiga teng bo‘ldi.

Tashqi migratsiyaning manfiylashuv alomatlari 20-a.ning 80-y.larida yuzaga keldi. 1989 y. respublikaga 83,9 ming kishi ko‘chib kelgan bo‘lsa, 167,3 ming kishi ko‘chib ketdi. Migratsiyaning manfiy qoldig‘i 83,4 ming kishini tashkil etdi.

Mustaqillik yillarida rusiyzabon xalqlarning o‘z yurtlariga qaytib ketishi natijasida tashqi migratsiyaning manfiylashuv alomatlari ancha sezilarli tus oldi. Aholining respubli kadan ko‘chib ketishi 1990 y.da o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. O‘sha yili davlat organlari tomonidan rasmiy ravishda qayd qilingan migratsiyaning manfiy qoldig‘i 140 ming kishini tashkil qildi. Keyingi yillarda u asta-sekin kamayib bordi. Shuningdek, O‘rta Osiyoning tub aholisiϧo‘zbek, tojik, qirg‘iz, qozoq va turkmanlarning migratsiya vositasida o‘zlarining mustaqil respublikalariga ko‘chib ketishlari ham respublikalararo migratsion aloqalar ning 199194 y.lardagi asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Mas., 19962003 y.lar mobaynida migratsiya tufayli O‘zR aholisi 531 ming kishiga kamaygan.

O‘zbekiston aholisi faqat tabiiy ko‘payish hisobiga bir yilda 370ϧ400 ming kishiga ortishi lozim, biroq migratsiya qoldig‘i manfiy bo‘lganligi sababli bu ko‘rsatkich 300 ming kishi atrofida bo‘lgan.

Tashqi migratsiya avvalo shahar aholisi dinamikasiga ta‘sir etadi. Chunki mamlakatga kelganlarning ham, ketganlarning ham ko‘pchiligi shaharlar b-n bog‘langan. O‘tgan asrning 5070-y.larida O‘zbekiston shaharlari aholisi ning jadal o‘sishi ham ko‘p jihatdan shu omilga bog‘liq bo‘ldi. Keyingi yillarda urbanizatsiya darajasining sustlashuvi ham shuning ta‘sirida yuzaga keldi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, shahar joylarda tashqi migratsiya qoldig‘i 19962003 y.larda taxm. 4050 ming kishi, qishloqlarda esa 2030 ming kishini tashkil etdi. (q. 7-,8-jadvallar).

2005 y.da migratsiya qoldig‘i manfiy 107,0 ming kishini tashkil etdi.

Migratsiya qoldig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida hamda Toshkent sh.da nisbatan yuqori ko‘rsatkichga ega. Ayni vaqtda, Andijon, Namangan, Xorazm viloyatlarida migratsiya aylanmasi manfiy bo‘lsa-da, u aholi sonining umumiy o‘sish ko‘rsatkichlariga kuchli ta‘sir etmagan. Migratsiyada qatnashganlarning jami hajmida Rossiya hissasiga 50,9 %, Ukrainaga 12,9 %, Qozog‘istonga 10,9 %, O‘rta Osiyoning boshqa mamlakatlariga 13,2 % to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda ichki migratsiya ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. O‘tgan asrning 6070-y.larida Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi munosabati b-n bu yerga Farg‘ona vodiysi hamda Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlaridan ma‘lum qism aholi ko‘chib kelgan. Shuningdek, Qarshi, Surxon-She robod dashtlarining o‘zlashtirilishi b-n ham aholining ichki migratsiyasi bog‘liq bo‘ldi. Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysidagi yangi tashkil etilgan qishloq tumanlari aholisi, asosan, migratsiya natijasida shakllangan.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda ichki migratsiya harakatlarining pasayishi kuzatilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, bozor iqtisodiyoti ga o‘tish sharoitlaridagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonidir. Aholining ish b-n ta‘minlan ganlik darajasiga mamlakatdagi ichki migratsiya oqimlari ham bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. 19802003 y.larda respublika ichki migratsiya hajmi 461,8 ming kishidan 250 minggacha, viloyatlar ichidagi migratsiya ham bu davrda 253,6 ming kishidan 138,0 mingga, ya‘ni 118,6 ming kishiga, viloyatlararo migratsiya hajmi 208,2 ming kishidan 115,0 mingga, ya‘ni 93,2 ming kishiga kamaydi.

Orolbo‘yida ekologik vaziyatning salbiylashuvi sababli 1990-y.larda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba‘zi tumanlaridan Toshkent va Sirdaryo viloyatlariga aholining ko‘chib kelishi kuzatildi.

Urbanizatsiya[tahrir]

O‘zbekiston jahonning ilk urbanizatsiya o‘choqlaridan biri. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Termiz, Qarshi va Shahrisabz sh.lari 20002700 yillik tarixga ega. Mamlakatning turli hududlarida topilgan shaharlar qoldiqlari (Afrosiyob, Axsi, Pop, Nasaf, Kesh, Poykend va b.) ham bu yerda urbanizatsiyaning qadimdan rivojlanib kelganligidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda 120 ta shahar va 117 ta shaharcha mavjud bo‘lib, ularda 9442 ming kishi yoki mamlakat jami aholisining 36,3 % yashaydi.

Shahar aholisi 1865—1917 y.larda past sur‘atlar b-n ko‘paydi. 20-a.ning boshlarida shahar aholisi siyosiy vaziyatning barqarorlashuvi natijasida notekis o‘sdi. Bunga, albatta, 1924 y.da amalga oshirilgan O‘rta Osiyoning milliy-ma‘muriy qayta bo‘linishi ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatdi. 192640 y.larda shahar tarmog‘i va shahar aholisining sonida katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Industr lashtirish shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlar 12 shahar qatoriga yangi shaharchalarning qo‘shilishiga, shahar aholisining esa tez ko‘payishiga sabab bo‘ldi.

2-jahon urushi yillarida O‘zbekis tonning jami aholisi 1,5 mln.ga kamaydi, bunda shahar aholisining salmog‘i ancha kam. Buning sababi frontga qurol-aslaha va b. mahsulotlar yetkazib beruvchi shaharlarning imtiyozlar b-n ta‘minlanishi, ikkinchi sababi front oldidagi korxonalarning aksari qismi ishchilar b-n birga sharqqa, jumladan, O‘zbekiston shaharlariga ko‘chirilishidir. Urush natijasida 1 mln. tub aholisini yo‘qotgan respublika 1 mln. dan ortiq yevropaliklarga ega bo‘ldi, bu holat esa siyosiy va demografik vaziyatga o‘z ta‘sirini ko‘rsatdi. Urushdan keyingi «demografik kompensatsiya» davrida shahar aholisi tez sur‘atlar b-n ko‘paydi.

Shahar aholisi, ayniqsa, 197386 y.larda tez ko‘paygan. Bunga 1972 y.da O‘zbekistonda aholi yashaydigan joylarga shahar maqomini berish uchun zarur bo‘lgan demografik me‘yorning o‘zgarishi, ya‘ni aholi sonining 10 mingdan 7 ming kishiga tushirilishi sabab bo‘ldi. Natijada bir yilda o‘nga yaqin qishloqlar shahar toifasiga o‘tkazil di. Mas., 1970 y.da respublikada 42 ta shahar bo‘lgan bo‘lsa, ular qatoriga 1973 y.da 13 ta, 1974 y.da 9 ta, 1975 y.da 5 ta, 1976 y.da 6 ta, 1977 y.da 5 ta «yangi shahar» qo‘shildi.

Biroq, shaharlar sonining bunday tez sur‘atlarda ko‘payishi haqiqiy urbanizatsiya emas, ko‘proq «soxta» urbanizatsiyaga olib keldi. Shaharlar sonining ko‘payishi 20-a.ning 90-y.larida keskin qisqardi va eng so‘nggi yillarda yangi shaharlar deyarli tashkil topmadi. hoz. Toshkent viloyatida 34 ta, Qoraqalpog‘istonda 29 ta, Samarqand viloyatida 23 ta shahar va shaharchalar mavjud. Ularning eng kam soni Sirdaryo viloyatida 11 ta va Xorazm viloyatida 10 ta, Buxoro viloyatida 14 ta va Navoiy, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida 15 tadan, Andijon va Qashqadaryoda 16 tadan, Namangan viloyatida 20 ta va Farg‘onada 19 ta shahar va shaharchalar bor (2005).

Urbanizatsiya faqatgina shahar va shaharchalarning umumiy soni b-n emas, balki ko‘proq shaharlar aglomeratsiya sining rivojlanganligi b-n belgila nadi. O‘zbekistonda 2005 y. ma‘lumotiga ko‘ra 17 ta yirik shahar bor. Ular orasida Toshkent sh. keskin ajralib turadi. Aholisining soni 2128 mingdan ortiq bo‘lgan poytaxt shaharning respublikadagi urbanizatsiya jarayoniga bo‘lgan ta‘siri benihoya katta. Shu tarzda O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayoni Toshkent sh., katta va o‘rta shaharlarga bog‘liq holda amalga oshmoqda (9-jadvalga q.). Yirik shaharlar negizida shaharlarning murakkab hududiy tizimi shahar aglomeratsiyalari vujudga kelgan bo‘lib, ular urbanizatsiya rivojlanishining muhim ko‘rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Mas., Toshkent aglomeratsiyasi 30 ga yaqin shahar va shaharchalarni birlashtiradi. Shuningdek, Farg‘onaMarg‘ilon, Samarqand, Namangan, buxoro, Andijon, va b. aglomeratsiyalar ham rivojlanib bormoqda.

O‘zbekistonda urbanizatsiyaning umumiy ko‘rsatkichi 1984 y.da 42 % dan ortiqroq edi. Keyingi paytda urbaniza siya ko‘lamiga shahar aholisining tabiiy o‘sish darajasining kamayib borishi ham ta‘sir etmoqda.

Urbanizatsiya darajasining qisqarib borishiga qishloq aholisining shaharliklarga nisbatan tezroq ko‘payishi, shaharlarda (ayniqsa, sanoat markazlarida) tashqi migratsiyaning kuchayishi, yangi shaharlarning vujudga kelmasligi ham sabab bo‘ldi. Ammo qishloq joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilma va sanoat korxonalari, dam olish maskanlarining tashkil etilishi, q.x.ga tegishli bo‘lmagan iqtisodiy tarmoqlarda tadbirkorlikning rivojlanib borishi urbanizatsiyaning haqiqiy holatini ifodalab beradi. Mazkur o‘zgarishlar hamda shaharlar rivojlanishi asosida O‘zbekistonda yaqin yillarda urbanizatsiya umumiy ko‘rsatkichining qisqarib borishi to‘xtab, o‘sa boshlaydi.

Milliy tarkibi[tahrir]

O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhiti, xususan, salkam 150 yil mustamlaka bo‘lib kelgani uning demografik rivojiga, jumladan, aholining milliy tarkibiga juda katta ta‘sir ko‘rsatdi. Aholi haqida, ya‘ni aholining umumiy soni, hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, yoshi, jinsi, ijtimoiy va milliy tarkibi, tabiiy o‘sishi, migratsiyasi va b. haqida aholi ro‘yxati o‘tkazish orqali to‘liq ma‘lumot olinadi. O‘zbekistonda aholi ro‘yxati keyingi 100 yil ichida bir necha marta (1897, 1920, 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 y.larda) o‘tkazilgan.

O‘zbekiston dunyodagi ko‘p millatli respublikalardan biri. O‘tgan yillar ma‘lumotlari qiyoslab ko‘rilganda, 1939 y.gi aholi ro‘yxatida O‘zbekistonda 97, 1959 y.gi ro‘yxatda 113, 1979 y.gi ro‘yxatda 120 dan ortiq millat va elat yashagan. 1989 y.gi aholi ro‘yxatidan esa, O‘zbekistonda 125 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilib, ularning umumiy soni 19 mln. 810 ming kishi ekanligi ma‘lum bo‘ldi.

O‘zbekistonning tub aholisi o‘zbeklar. So‘nggi yillarda aholining milliy tarkibida o‘zbeklarning hissasi oshdi va hoz. respublika aholisining 80,0 %ni tashkil etmoqda. Respublikada qoraqalpoqlar ikkinchi tub millat hisoblanadi. Ularning umumiy soni 549,2 ming kishiga yoki mamlakat aholisining 2,2 %ga teng. O‘zbekiston Respublikasida O‘rta Osiyo mahalliy xalqlaridan tojiklar (1237,4 ming yoki 4,9 %), qozoqlar (977,8 ming 3,6 %), qirg‘izlar (227,4 ming 0,9 %), turkmanlar (152,3 ming 0,6 %) ham istiqomat etadi. O‘zbekistonda yashab kelayotgan tatarlar soni ham anchagina (275,4 ming kishiϧ1,0 %).

O‘zbekiston Respublikasida rus, ukrain, beloruslar b-n bir qatorda polyak, chex, bolgar va b. ham yashaydi. 1989 y. aholi ro‘yxatiga ko‘ra soni jihatidan 2-o‘rinda ruslar turar edi, hoz. esa 3-o‘rinda bo‘lib, 1050 ming kishidan ziyod yoki umumiy aholiga nisbatan 3,8 %ni tashkil etadi. O‘zbekistonda yashovchi ruslarning soni jihatdan o‘sish dinamikasiga nazar tashlasak, eng tez sur‘at b-n ko‘payishi 195970 y.larga to‘g‘ri keladi. Buning sababi 1966 y. Toshkent zilzilasidan so‘ng shaharning qayta qurilishi hamda respublikada yangi sanoat markazlari tashkil topib, rus va yevropa xalqlarining ko‘plab jalb qilinganligidir. Biroq keyingi yillarda ruslarning o‘sish sur‘ati bir qadar kamaydi.

O‘zbekistonda hind-evropa oilasiga mansub bo‘lgan tojiklardan tashqari fors, pushtun, balujlar va b. xalqlar ham bor. Mamlakatda koreys, arman, yahudiylar ham yashaydi.

Mamlakatda millatlar ning geografik joylashi shi ham bir tekis emas. Buning birinchi sababi millatlarning tarixiy rivojlanishi bo‘lsa, ikkinchidan respublikada xalq xo‘jalik tarmoqlari ning rivojlanish xususiyatlaridir. Qishloq joylarda tub millat vakillarining soni ko‘payib, boshqa millat vakillarining nufusi kamaymoqda. Qoraqalpoqlar to‘la-to‘kis o‘z respublikasi doirasida yashaydigan millat hisoblanadi (94,5 %). O‘zbekis tonning mustaqil taraqqiyoti davrida aholi milliy tarkibida katta o‘zgarish sodir bo‘ldi. hozirda O‘zbekistonda o‘zbeklar salmog‘i 1989 y.ga nisbatan 8,6 % ga oshdi.

Ijtimoiy tarkibi[tahrir]

O‘zbekistonda aholining ijtimoiy tarkibi turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Respublikada ishchi va xizmatchilarning soni va ulushi 20-a.ning 90-y.larigacha bo‘lgan davrda o‘sib borgan. Mazkur davrda ishchi va xizmatchilarning ulushi 32,2 % dan 79,7 % gacha ko‘paygan. Mustaqillikka erishilgach, ko‘p ukladli iqtisodiyot va bozor munosabatlarining shakllanishi ta‘sirida aholining ijtimoiy tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘ldi (11-jadvalga q.). Xususiy mehnat faoliyatida band aholining tez sur‘atlar b-n o‘sishi respublika aholisining ijtimoiy tarkibiga katta ta‘sir ko‘rsatmoqda.

Keyingi yillarda ro‘yxatga olingan ishsizlar soni ham qisqarib bormoqda. 2002 y.da ularning soni 40,3 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2005 y.da 27,7 ming kishiga tushdi. 2005 y.da mehnat organlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 410,3 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2004 y.dagiga nisbatan 14,7 ming kishiga yoki 3,4 %ga kamdir. 2005 y.da mehnat resurslari soni 10196,3 mingni tashkil etib, 2004 y.ga nisbatan 2,9 %ga ko‘paydi. Nodavlat sektorida band bo‘lganlar ulushi 2004 y.dagi 76,9 %dan 77,1 %ga yetdi.

Aholining ma‘lumotlilik darajasi ning ortib borayotganini respublika da oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va ularda tahsil olayotgan talabalar sonining ortib borishi b-n taqqoslasa bo‘ladi. O‘zbekistonda 2002/05 y.larda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi o‘quv muassasalari soni 973 tagacha ko‘paydi. Ularda tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 750,3 mingga yetdi. 2000/01 o‘quv yilida respublikada 61 oliy o‘quv yurti bo‘lib, ularda 183,6 ming talaba tahsil oldi. Mazkur ko‘rsatkich 2005/06 o‘quv yilida muvofiq ravishda 60 va 264,9 mingni tashkil etdi.

Aholining jins va yosh tarkibi[tahrir]

Demografik vaziyatning shakllanishida aholining jinsiy tarkibi asosiy omil hisoblanadi. Aholi tarkibida erkaklar va ayollar salmog‘ining tengligi, ya‘ni mutanosibligi ularning nikohga kirish va oilalarning tashkil topishiga qulay vaziyat yaratadi, biroq har doim ham jamiyatda erkaklar va ayollar salmog‘i teng bo‘lavermaydi. Statistik ma‘lumotlarning ko‘rsatishicha, O‘zbekistonda 19-a.ning 2-yarmi hamda 20-a. boshlarida aholi tarkibida erkaklar salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan.

Toshkent sh. aholisi miqdorida ayollar salmog‘i respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqoriroq bo‘lib, 51,0 %ni tashkil etadi (2004). Buning asosiy sababi shahar aholisining milliy tarkibiga bog‘liq: Toshkent sh. aholisining 4045 %ni boshqa millat vakillari tashkil etadi, ularda ayollar miqdori erkaklarga nisbatan bir qadar yuqori. Bundan tashqari shahar joylarda erkaklar o‘limi qishloq joylarga nisbatan ancha yuqori. Mas., 1989 y.da O‘zbekistonda 5054 yoshdagi har 1000 ta erkak orasida qishloqda 10 tasi o‘lgan bo‘lsa, shaharda o‘lim 13 taga yetgan. Bu ko‘rsatkich 7074 yosh guruhlarida 4962 ni tashkil etadi.

Aholining ko‘payishida yoshlar, ayniqsa, 1519, 2024, 2529 yoshli guruhlarning jinsiy tarkibi alohida ahamiyatga ega. Chunki aholi, asosan, mana shu yoshlarda nikohga kirib, oila quradi.

Ma‘lumotlarning ko‘rsatishicha, dunyodagi juda ko‘p davlatlarda 1530 yoshlardagi ayollarga nisbatan erkaklarning soni biroz yuqoriligi kuzatila di. Biroq Yevropa, Avstraliya, Amerika ning ba‘zi davlatla rida esa 59 yoshli guruhlardan boshlab erkaklar salmog‘i kamayib ketgan. Buning sababi, bu davlatlar da o‘g‘il bolalar o‘limining yuqoriligi dir. O‘zbekistonda asosiy nikohga kirish yoshlarida erkaklar va ayollar nisbati deyarli tengdir. Bu tenglik ayollarning tug‘ish yoshidagi guruhlarida ham davom etadi.

O‘zbekistonda aholining yosh tarkibi uning demografik xususiyatlariga va turmush darajasiga bog‘liq. O‘zbekiston dunyoda tug‘ilish darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan davlatlardan. Biroq o‘lkadagi tug‘ilishning yuqori darajasi hammavaqt ham aholining muntazam ko‘payib borishini ta‘minlay olmagan. 20-a.ning 1-yarmida O‘zbekistonda bolalar o‘limi yuqori bo‘lgan va tug‘ilgan bolalarning 5060 % bolalik va o‘smirlik davridayoq nobud bo‘lishgan. Bu hol aholining yosh tarkibida ham ifodalana di. Mas., 1926 va 1939 y.larda o‘tkazil gan aholi ro‘yxati ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining umumiy sonida 09 yoshdagi bolalar salmog‘i 2324 %ni, 1959-89 y.lardagi aholi ro‘yxati ma‘lumotlarida bu ko‘rsatkich 2832 %ni tashkil etgan.

Aholi tarkibida bolalar salmog‘i ning oshib borishi 1-navbatda bolalar o‘limining keskin kamayishi b-n bog‘liq. Bolalar salmog‘ining oshib borishiga bevosita ta‘sir etuvchi omillardan yana biri O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalar sonining ko‘payib borishidir. Tug‘ilish sur‘ati 20-a.ning 2-yarmida juda yuqori bo‘lgan. Agar O‘zbekistonda 1950 y. tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti 30,8 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 1960 y.da 39,8 %ga teng bo‘lgan. Bu davrda tug‘ilgan bolalar 1975-80 y.larda kamolot yoshiga yetganlar va natijada aholi tarkibida 15-19, 20-24 yoshli guruhlarning salmog‘i ko‘tarilgan. Bu hol esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonda yangi oilalar tarkib topishiga va oilalar miqdorining ko‘payishiga olib kelgan.

BMT ma‘lumotlariga ko‘ra O‘zbekis ton aholisining yosh tarkibi dunyo aholisi yosh tarkibiga taqqoslansa, bolalar salmog‘ining ancha yuqoriligi kuzatiladi.

O‘zbekiston qarish shkalasi bo‘yicha jahondagi aholisi «yosh» davlatlar qatoriga kiradi.

O‘zbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16-59 yosh, ayollar uchun 16-54 yosh qilib belgilangan. Mehnat yoshidan yuqori, ya‘ni 55 va undan katta ayollar, 60 va undan katta erkaklar soni 19912004 y.larda 18,7 % ga oshdi.

O‘zbekistonda bugungi demografik vaziyat, ayniqsa, tug‘ilish jarayonining kamayib borishi (1991 y.da tug‘ilish ning umumiy koeffitsiyenti 34,50/00 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2004 y.da bu ko‘rsatkich 20,50/00ga teng bo‘ldi yoki 140/00 ga kamaydi) yaqin kelajakda jami aholi salmog‘ida qariyalar ulushining ortib borishidan dalolat beradi. Bu hol esa, O‘zbekistonda qariyalarning ijtimoiy-demografik guruh sifatida gi mavqei oshib borishini ko‘rsatadi.

Mehnat resurslari va aholi bandligi[tahrir]

Mehnat resurslarining sifat taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy-iqti sodiy taraqqiyot darajasiga, davlatning aholi bandligi bo‘yicha olib borayotgan siyosatiga bog‘liq. O‘zbekiston da 16 54 yoshdagi ayollar va 16 59 yoshdagi erkaklar mehnat resurslariga kiritiladi.

Mehnat yoshidagi aholi mehnat resurslari nuqtai nazaridan o‘rganilgan da 2 guruhga ajratiladi:

40 yoshgacha bo‘lgan;

40 yoshdan keyingi mehnat yoshi.

O‘zbekistonda mehnat yoshidagi aholi salmog‘i katta hamda mehnat resursla ri tez ko‘payib bormoqda.

Respublika qudratli mehnat salohiyatiga ega: mehnat zaxiralari jami aholining 55,4 %ni (14427,6 ming kishi) mehnat resurslari tashkil etadi va har yili 300350 ming kishiga ko‘paymoqda.

Iqtisodiy faol aholi soni 10,2 mln. kishi (82 %)ga teng.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgun ga qadar reja, moliya, mehnat, ish haqi boshqarmalari va bo‘limlarining boshliqlari o‘rtasida o‘zbeklarning ulushi 29,8 %ga teng bo‘lgan.

1992 y.dan boshlab narxlar va tashqi savdo liberallashtirildi, q.x va maishiy xizmat korxonalarining ma‘lum qismi xususiylashtirildi.

Moliya va byujet sohalarida islohotlar o‘tkazildi. Xususiy mulk va xorijiy investitsiyalar bo‘yicha qonunlar qabul qilindi. Aholining tez sur‘atlar b-n ko‘payishi va uning tarkibi bandlikni barqaror ravishda o‘sishini ta‘minlashni taqozo etadi.

Qishloq joylarda aholining zich joylashganligi, q.x.da ortiqcha ishchi kuchi mavjudligi hamda haydaladigan yerga to‘g‘ri keluvchilar sonining kattaligini hisobga olganda O‘zbekistonda mehnat resurslariga muhtojlik bo‘lishi kutilmaydi. Ba‘zi iqtisodiy, demografik va geografik xususiyatlarni e‘tiborga olgan holda aholi bandligi tizimini o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Shu maqsadda 1992 y. yanv.da qabul qilingan O‘zRning «Aholini ish b-n ta‘minlash to‘g‘risida»gi qonuni asosida aholini ish b-n ta‘minlash davlat xizmati tashkil etilgan. Mazkur vazifani amalga oshirishda samarali faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat bozorlari mehnat birjalari muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekistonda mehnat birjalari ishsizlarni ro‘yxatga oladi, ularni kasbga yo‘llaydi, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘laydi. har yili o‘rtacha 300 mingga yaqin aholi mehnat birjalari orqali ishga joylashtiriladi.

Sanoatni, ayniqsa, uning mehnatni ko‘p talab qilib, xom ashyo, suv va elektr energiyani kam iste‘mol qiluvchi «eksportbop» mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini, maishiy xizmat sohalarini qishloq joylarda keng ko‘lamda va tez fursatlar ichida rivojlantirish hamda shunga o‘xshash boshqa tadbirlarning amalga oshirilishi respublikada aholi bandligiga xos muammolarni tez vaqt ichida ijobiy hal etishga imkon beradi.

O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyoti munosabat lariga asta-sekin o‘ta boshlashi yangi mulkchilik shakliga asoslangan i.ch.ning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib berdi. Mamlakat iqtisodiyoti tuzilmasi qanchalik «rivojlanganli gini» ish b-n bandlarning iqtisodiyot sohalari bo‘yicha, xususan, moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘rtasida taqsimlanishidan bilish mumkin. Bu nisbatning o‘zgarishiga ishlab chiqarish sohasining rivojlanish sur‘atlari ta‘sir ko‘rsatadi. Qisqa davr ichida (1995—2005) O‘zbekistonda aholining iqtisodiyot tarmoqlarida qayta taqsimlaligini hisobga olganda O‘zbekistonda mehnat resurslariga muhtojlik bo‘lishi kutilmaydi. Ba‘zi iqtisodiy, demografik va geografik xususiyatlarni e‘tiborga olgan holda aholi bandligi tizimini o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Shu maqsadda 1992 y. yanv.da qabul qilingan O‘zRning «Aholini ish b-n ta‘minlash to‘g‘risida»gi qonuni asosida aholini ish b-n ta‘minlash davlat xizmati tashkil etilgan. Mazkur vazifani amalga oshirishda samarali faoliyat ko‘rsatuvchi mehnat bozorlari mehnat birjalari muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekistonda mehnat birjalari ishsizlarni ro‘yxatga oladi, ularni kasbga yo‘llaydi, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘laydi. har yili o‘rtacha 300 mingga yaqin aholi mehnat birjalari orqali ishga joylashtiriladi.

Manbalar[tahrir]

  • Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-y.
  • Ubaydullayeva R., Ata-Mirzayev O., Umarova N., Oʻzbekiston demografik jarayonlari va aholi bandligi, T., 2006.
  • Soliyev A., Boʻriyeva M. va b., Qishloq joylar demografiyasi, T., 2005.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.