Oʻzbekiston SSR bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Flag of Uzbek SSR.svg Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi bayrogʻi

Taʼsis qilingan 1952 yil 29 avgust
Rad etilgan 1991 yil 18 noyabr
Mutanosibligi
1:2

Oʻzbekiston.SSR bayrogʻi - Oʻzbekiston SSR timsoli hisoblangan. 1952-yilning 29-avgust kuni taʼsis etilgan.

Bayroq maʼnosi[tahrir]

Bayroq oʻrtasidagi havorang rang osmonni, oq liniyalar paxtani, qizil rang esa ishi qatlamlarning inqilobiy kurashini anglatar edi. Oltin oʻroq va bolgʻa dehqon va ishchilarning birligini, besh qirrali yulduz esa proletariat ramzi edi.

Tarixi[tahrir]

Ushbu bayroqdan oldin qizil rangadagi bayroq qoʻllanilib, bayroqning yuqori tepasining chap tomonida sariq oltin rangda kirill yozuvidagi Oʻzbek tilida Ӯзбекистон ССР va Rus tilida Узбекская ССР deb yozilgan edi.

1937-yilda va 1940-yillarning boshida yana bir boshqa bayroq, yaʼni qizil rangli bayroqda tepasining yuqori chap tomonida sariq oltin rang bilan lotin yozuvida Ozbekistan SSR va kirill yozuvida Узбекская ССР deb yozilgan edi.

1931-yildan to 1937-yilgacha qizil rangli bayroqning yuqori tepasining chap tomonidaУзССР deb yozilgan edi.

Flag of Uzbek SSR.svg 1952-1991-yillarda ushbu maqoladagi bayroq Oʻzbekiston SSRda qoʻllanilgan.

Flag of Uzbekistan.svg Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1991-yilning 18-noyabrida yangi bayroq, yaʼni hozirgi paytgacha qoʻllanilib kelinayotgan bayroq qabul qilingan.

  • Mh winkerflaggenalphabet f.png Bu bayroq haqidagi tugallanmagan maqoladir. Iltimos ushbu maqolani toʻldiring.

Flag and map of Uzbekistan.svg Bu O'zbekiston haqidagi tugallanmagan maqoladir iltimos ushbu maqolani tahrirlang.