Oʻzbekiston Respublikasining Madhiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Oʻzbekiston Respublikasining Madhiyasi
Shoir Abdulla Oripov
Bastakor Mutavakkil Burxonov
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sanasi 1992 yil 12-dekabr
noicon

"O‘zbekiston Respublikasining Madhiyasi" haqidagi qaror 1992-yilning 12-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining Yuqori Kengashinig 11 chaqirigʻida qabul qilingan.

O‘zbekiston qahramonlari, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov so‘zi
O‘zbekiston xalq bastakori Mutavakkil Burxonov musiqasi


[tahrir] Matni

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!





Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda