Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi | |
|---|---|
| Shoir | Abdulla Oripov |
| Bastakor | Mutavakkil Burxonov |
| Davlat | |
| Sanasi | 1992-yil 10-dekabr |
"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi" haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasining Yuqori Kengashinig 11-chaqirigʻida qabul qilingan.
Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi, Oʻzbekiston xalq bastakori Mutavakkil Burxonov musiqasi.
Matni [tahrir]
- Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
- Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon!
- Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
- Shuhrating porlasin toki bor jahon!
-
- Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
- Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
- Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
- Olamni mahliyo aylagan diyor!
- Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
- Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!
- Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
- Xaqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!
-
- Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
- Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
- Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
- Olamni mahliyo aylagan diyor!