Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
Turi Davlat agentligi
Ishga tushgan sanasi 2002
Joylashuvi Toshkent, Oʻzbekiston
Xoʻjayinlar Xurshid Mirzohidov, bosh direktor[1]
Vebsayti aci.uz

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi masalalarni hal etish va davlat siyosatini olib borish hamda radiochastota spektridan foydalanish uchun vakolatlangan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi hisoblanadi.[2]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-mayda PF-3080-son „Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommnikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida“ farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasining sobiq Aloqa vazirligi zaminida tashkil etilgan Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirilgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rahbariyat, aci.uz
  2. 2,0 2,1 Agentlik haqida (Wayback Machine saytida 2012-05-09 sanasida arxivlangan),aci.uz

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]