Oʻzbekiston Superkubogi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Superkubogi
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston,
Konfederatsiya Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Tashkil etilgan 29-avgust, 1999-yil (24 yil avval) (1999-08-29)
Amaldagi chempion Nasaf (1)
Eng koʻp marta chempion Paxtakor
Lokomotiv (2 martadan)
TV hamkorlar Sport Tv
Veb-sayt pfl.uz

Oʻzbekiston Superkubogifutbol boʻyicha Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan turnir. Ushbu turnir 1 ta oʻyindan iborat boʻlib, unda: oʻtgan mavsumdagi Oʻzbekiston Kubogi sohibi va Oliy Liga Chempioni toʻqnashadi. Agarda Kubok va Chempionatni bitta jamoa yutgan boʻlsa, unda Chempionatda 2-oʻrinni egallagan klub, Chempionga qarshi oʻynaydi.

Oʻzbekiston Super kubogi

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi 1999-yilda ilk bor tashkil etilgan. Kubokning ilk bahslari 1999-yilda Fargʻonada „Markaziy“ stadionda 6000 muxlis qarshisida Namanganning „Navbahor“ — „Paxtakor“ jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan 2000-yildan 2014-yilgacha Turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan. Bu 2014-yilgacha boʻlgan yagona oʻyin edi. 2012-yil yanvar oyida OʻzPFL Oʻzbekiston Superkubogini qayta boshlayotganini eʼlon qildi va 2012-yil 11-mart kuni „Paxtakor“ — "Bunyodkor„ oʻrtasida oʻtkazilishini eʼlon qildi. 2012-yil 7-mart kuni O‘zPFL Superkubok o‘yini Jar stadionining yomon sharoiti tufayli bekor qilingani va keyinroq o‘tkazilishi ko‘rsatilgan, biroq o‘yin o‘tkazilmagani haqida xabar bergan edi.

2014-yilning 7-mart kuni „Bunyodkor“ va Toshkentning „Lokomotiv“ jamoalari ishtirokidagi ikkinchi Superkubok bahslari o‘tkazildi. Agar bitta jamoa O‘zbekiston Ligasinda ham, O‘zbekiston kubogida ham g‘olib chiqsa, O‘zbekiston Superkubogi uchun O‘zbekiston Ligasi g‘olibi va Liga ikkinchi o‘rin sohibi bahslashadi. Bu 2014-yil mavsum boshida kuzatilgan (Bunyodkor, Paxtakor). 2014 yildan 2016-yilgacha musobaqa uzliksiz tashkil etildi. 2017-yil va 2018-yilgi mavsumlarda esa turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan. 2019-yilgi mavsumda Superkubok bahslari yana qayta tiklandi. 2020-yil mavsumda musobaqa Covid-19 Pandemiyasi tufayli oʻtkazilmagan. 2021-yildan esa Oʻzbekiston Superkubok oʻyinlari tiklandi va hozirgacha oʻtkazib kelinmoqda.

Chempionlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqada eng koʻp gʻolib boʻlgan jamoalar Toshkentning Paxtakor va Lokomotiv jamoalaridir.

Oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Gʻolib Oʻyindagi hisob Magʻlubiyat Stadion Tomoshabinlar soni
1992 — 1998 Musoboqa tashkillashtirilmagan
1999[1] Navbahor (Namangan) 4:2 Paxtakor (Toshkent) Fargʻona Markaziy Stadioni 6.000
Shuhrat Rahmonqulov 21'

Leonid Koshelev 54' 78'

Saydullo Tursunov 74'

Andrey Akopyans 28' 89'
2000 — 2013 Shu yillar oraigʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan
2014[2] Bunyodkor (Toshkent) 2:1 Lokomotiv (Toshkent) Jar Toshkent Stadioni 4.750
Oleksandr Pishur 27'

Vohid Shodiyev 67'

Vyacheslav Shevchenko 8'
2015[3] Lokomotiv (Toshkent) 4-0 Paxtakor (Toshkent) Bunyodkor stadioni 7216
Lutfulla To‘rayev 37'

Temurxo‘ja Abduxoliqov 49'

Koryan 56' (pen)

Marat Bikmayev 89'

2016 "Nasaf" (Qarshi) 1-0 Paxtakor (Toshkent) Bunyodkor stadioni 4748
Artur Gevorkyan 39'
2017 — 2018 Shu yillar oraigʻida turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan
2019 Lokomotiv (Toshkent) 2-1 AGMK (Olmaliq) 2018-yilgi

Oʻzbekiston kubogi sohibi

Paxtakor, Toshkent 18000
Temurxo‘ja Abduxoliqov 12'

Yovan Jokich 75'

Zafar Polvonov 77'
2020 Turli sabablarga koʻra musobaqa oʻtkazilmagan
2021 "Paxtakor" (Toshkent) 1-0 Nasaf (Qarshi) Dinamo, Samarqand 5165[4]
Dragan Cheran 50'
2022 Paxtakor (Toshkent) 1-0 Nasaf (Qarshi) Turon, Oʻzbekiston stadioni, Yaypan 7 215
Dragan Cheran 61'
2023 Nasaf (Qarshi) 2-1 "Paxtakor" (Toshkent) Soʻgʻdiyona stadioni, Jizzax 6 501[5]
Oybek Bozorov 42'
Marko Stanojević 66'
Przemysław Banaszak 8'

Superkubokning Barcha Sovrindor jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Gʻolib Finalchi Yutgan yillari Ishtirok etgan yillari
Lokomotiv (Toshkent) 2 1 2015, 2019 2014
Paxtakor (Toshkent) 2 3 2021, 2022 1999, 2015, 2016
Nasaf 2 2 2016, 2023 2021, 2022
Navbahor (Namangan) 1 - 1999 -
Bunyodkor 1 - 2014 -
AGMK (Olmaliq) - 1 - 2019

Barcha davrlardagi toʻpurarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi Jamoalar Gollar Oʻyinlar Nisbat
Oʻzbekiston Leonid Koshelev Navbahor Namangan 2 1 2
Oʻzbekiston Andrey Akopyans Paxtakor Toshkent 2 1 2
Oʻzbekiston Temurxoʻja Abduxoliqov Lokomotiv Toshkent 2 2 1
Dragan Ceran Paxtakor Toshkent 2 2 1
Oʻzbekiston Shukhrat Rakhmonkulov Navbahor Namangan 1 1 1
Oʻzbekiston Saidullo Tursunov Navbahor Namangan 1 1 1
Ukraina Oleksandr Pishchur Bunyodkor 1 1 1
Oʻzbekiston Vohid Shodiyev Bunyodkor 1 1 1
Ukraina Vyacheslav Shevchenko Lokomotiv Toshkent 1 1 1
Oʻzbekiston Lutfullo Turayev Lokomotiv Toshkent 1 1 1
Armaniston Ruslan Koryan Lokomotiv Toshkent 1 1 1
Oʻzbekiston Marat Bikmaev Lokomotiv Toshkent 1 1 1
Turkmaniston Artur Gevorkyan Nasaf Qarshi 1 1 1
Serbiya Jovan Đokić Lokomotiv Toshkent 1 1 1
Oʻzbekiston Zafar Polvonov AGMK 1 1 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]