Oʻzbekiston Qahramoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston QahramoniOʻzbekistonning oliy darajadagi unvoni. 1994-yil 5-mayda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat koʻrsatish bilan bogʻliq xizmatlari uchun beriladi. Unvon ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ham berilishi mumkin. „Oʻzbekiston Qahramoni“ Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan beriladi. Unvonni berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan shaxsga oliy nishon — „Oltin Yulduz“ medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat topshiriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqiga yoki pensiyaga qoʻshimcha ravishda eng kam oylik ish haqi miqdorida oy sayin toʻlanadigan ustama mukofot oladilar, qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan imtiyozlardan foydalanadilar. „Oltin Yulduz“ medali 750 darajali (probali) oltin qotishmasidan tayyorlanadi va old tomonida har bir qirrasining ikki yonbagʻridan oltin nurlar taralgan sakkiz qirrali yulduz shaklida boʻladi, ogʻirligi 12,5 f. „Oltin Yulduz“ medali koʻkrakning chap tomoniga orden va medallardan yuqoriroqqa taqiladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ faqat bir marta beriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni vafotidan keyin berilgan taqdirda „Oltin Yulduz“ medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Mukofotlanganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]