Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi 2017- yil 18- fevralda yosh kinoijodkorlar tomonidan tashkil etilgan va  Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan. [1]

Kinematografiyani rivojlantirish markazi ushbu sohada Oʻzbekistondagi ilk nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017- yil 19- iyunda „Oʻzbekkino“ Milliy agentligi hamda „Kinematografiyani rivojlantirish markazi“ bilan birgalikda kino loyihalarni, milliy va xorijiy filmlarni yuqori darajada baholash maqsadida interaktiv munozara klubi tashkil etildi.

Interaktiv munozara klubining asosiy maqsadi yuqori darajadagi kino loyihalar, milliy hamda xorijiy filmlarni respublikaning kinoteatrlarida namoyish etish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni jamoatchilikka etkazishdir. [2]

2017- yil 21- iyulda ushbu klubning birinchi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Markaz muntazam ravishda yosh kinoijodkorlar uchun musobaqalar tashkil etadi. Tanlovda endigina ijod faoliyatini yoʻlga qoʻyayotgan yosh rejissyorlar oʻzining qisqa metrajli filmlari bilan ishtirok etishadi.

2017- yil 8- avgust kuni Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandumga koʻra „Yosh kinoijodkorlar kengashi“ nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etildi.

Markazning birinchi „Welcome to Bukhara“  nomli imijli video-roligi Italiya, Polsha va Markaziy Osiyoning koʻplab mamlakatlarida namoyish etilgan. 2017- yil ilk bora Italiyadan Oʻzbekistonga  „Welcome to Bukhara“  tur (sayohat) yoʻli ochildi.[3][4]

Kinematografiyani rivojlantirish markazi yordamida suratga olingan Muxlisa Azizovaning „U“ qisqa metrajli filmi koʻplab xalqaro festivallarda ishtirok etdi. [5]

  • Short Film Corner Festival de Cannes 2017;
  • Cyprus International Film Festival 2017;
  • XIII Eurasia international film festival (Astana);
  • International Inter University Short Film Festival-IIUSFF 2017 (Dakka);

BALINALE-2017 va boshqalar.

Toshkentda boʻlib oʻtgan „PROlogue — 2017“ festivalida „Yilning eng yaxshi qisqa metrajli filmi“ deb tan olindi.[6]

Kinematografiyani rivojlantirish markazi koʻmagida Oʻzbekistonda Rossiyaning NTV telekanalining „Yubileyniy vstrechniy“ seriali suratga olindi. Serialning bosh qahramonini Rossiya xalq artisti Vladimir Mashkov gavdalantirgan. Bosh rejissyori esa Karen Oganesyan.

Markaz 2018- yilning fevral oyida Kann festivalining direktori bilan shartnoma imzoladi[7], unda respublikamiz tarixida ilk marotaba „Uzbekistan“ paviloni tashkil etiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://kun.uz/news/2017/04/28/kinematografiani-rivozlantiris-markazi-uz-faoliatini-bosladi
  2. http://uz24.uz/uz/culture/kinematografiyani-rivozhlantirish-markazi-gz-faoliyatini-boshladi-foto
  3. arxiv nusxasi, 2018-02-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-13
  4. https://www.youtube.com/watch?v=_ZH1WsIr2Zk
  5. https://www.gazeta.uz/uz/2017/05/04/kino/
  6. https://telegraf.uz/ru/kulytura/v-tashkente-zavershilsya-iii-respublikanskiy-festivaly-korotkometrazhnih-filymov-prologue
  7. https://www.gazeta.uz/ru/2018/02/12/cannes/

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

http://krm.uz (Wayback Machine saytida 2019-01-25 sanasida arxivlangan)