Oʻz armiyasiga ega boʻlmagan davlatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ushbu roʻyxatga oʻz qurolli kuchlariga ega boʻlmagan faqat mustaqil davlatlar kiritilgan. Baʼzida ularning mustaqilligi faqat rasmiydir. Shuningdek, oʻsha mamlakatda politsiya yoki boshqa kuchlar armiya vazifasini bajarishadi.

Deyarli hamma vaqt ularda boshqa davlat bilan oʻzini himoya qilishi boʻyicha kelishuvi mavjud. Masalan, oʻz armiyasiga ega boʻlmagan Nauruda Avstraliya bilan kelishuvi mavjud, Yaponiya esa butunlay oʻz armiyasidan kechib AQSHning protektorati va himoyasini olgan.

Islandiya va Monakoda klassik tushuncha boʻyicha armiyasi yoʻq, biroq muhim nopolitsiyaviy tuzilmalar mavjud.

Sharqiy Pereneyda, Fransiya va Ispaniya oʻrtasida joylashgan Yevropaning bu mitti davlatining dengizga chiqish yoʻli singari qurolli kuchlari ham yoʻq. Lekin tazyiqqa uchraganida, Fransiya va Ispaniyadan tashqari NATO kuchlariga ham ishonsa boʻladi.[1]

Italiya poytaxti Rim hududida joylashgan Vatikan eng kichik davlat boʻlishi bilan birgalikda, BMT va dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan holda, BMT ga aʼzo boʻlmagan yagona davlatdir. Rim katolik cherkovining markazi boʻlgan bu davlat Rimning ichida joylashganiga qaramay huquqiy jihatdan mutlaqo mustaqildir. Hatto, Italiyaga ham boʻysunmaydi. Lekin shunga qaramay, Italiyaning 300 mingga yaqin qoʻshini va 50 ming nafar dengiz piyoda askarlaridan iborat armiyasi zimmasiga Vatikanni ham himoya qilish vazifasi yuklatilgan.

Karib dengizining janubiy-sharqida joylashgan bu orol davlat ham oʻz qurolli kuchlariga ega emas. Hujumga uchragan chogʻda, Antigua va Barbuda, Barbados, Dominikan respublikasi kabi davlatlar himoyaga chiqishadi. Lekin bu davlatlarning oʻzlari yetarli harbiy kuchlarga ega emasligi uchun baribir AQShdan madad kutishga toʻgʻri keladi.

Markaziy Amerikaning eng kichik davlatlaridan biri boʻlgan Kosta-Rika ikki qitʼani bogʻlovchi yerlarda joylashgan. Poytaxti San-xose shahri boʻlgan bu davlat 1947-yildagi kelishuvga koʻra AQSh, Chili, Kuba kabi davlatlarga ishonib, xotirjam kun koʻradi.

Poytaxti Vaduts shahri boʻlgan Markaziy Yevropadagi bu davlat Avstriya va Shvetsariya bilan chegaradosh. Knyazlikda konstitutsiyaviy monarxiya tizimi hukm suradi. Garchi biror bir davlat rasman Lixtenshteyn mudofasini oʻz zimmasiga olmagan boʻlsa-da, knyazlik hukumati Shvetsariyada oʻtkazilgan muzokaralar chogʻida bir qator davlatlar bilan bu borada bitimlar imzolanganligini taʼkidlaydi.

Tinch okeanida joylashgan Mikroneziyadagi bu davlatning poytaxti Majuro shahridir. Koʻplab mayda orollardan iborat bu mamlakatda 64 000 aholi istiqomat qiladi. Bu davlat mudofaasi boʻyicha javobgarlikni AQSh oʻz zimmasiga olgan.

Tinch okeanining gʻarbiy qismida shu nomli orolda joylashgan bu davlatning aholisi 14 000 kishidan iborat. Oʻz mustaqilligiga 1968-yilda erishgan. Nauru davlatini Avstraliya oʻz himoyasiga olgan va bu shunchaki shartnoma emasligini amalda ham isbotlagan. 1940-yilda Nauru hali mustaqil davlat maqomiga ega boʻlmagan boʻlsa-da, Germaniya hujum qilgan paytda Avstraliya koʻmakka kelgan.

Tinch okeanining Filippindan dengizidagi 328 oroldan iborat bu davlat Filippindan 800 km uzoqda joylashgan. Aholisi bor yoʻgʻi 20 000 nafar tashkil qilgani holda oʻz poytaxti — Melekeok shahriga ham ega. 1983-yilda imzolangan bitimga koʻra AQSh himoyasiga olgan.

Tinch okeanining janubiy-sharqiy qismida joylashgan bu davlat, shu nomdagi arxipelagining gʻarbiy qismini band qilgan. Poytaxti Apia shahri Ulolu orolida joylashgan. Yangi Zelandiya lozim boʻlganda harbiy yordam koʻrsatish kafolatlagan.

Tinch okeanining janubi-gʻarbiy qismidagi Melaneziyada joylashgan shu nomli arxipelagida 992 orollarni band etgan bu davlat ham oʻzini himoya qila olmaydi. Shuningdek lozim boʻlganda qaysi davlat himoyasiga tayanishini ham eʼlon qilmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Armiyasiz davlatlar, 21–yanvar 2015–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 21–yanvar 2015–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()