Oʻzbek tili va adabiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O`zbek tili va adabiyotidan yoʻnaltirildi)

Oʻzbek tili va adabiyoti — ilmiy-nazariy va ijtimoiy jurnal. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti nashri. 2 oyda 1-marta chiqadi. 1958-yil Oybek asos solgan. Dastlab 1958—62 yillarda 3 oyda 1-marta "Oʻzbek tili va adabiyoti masalalari" nomi bilan chop etilgan. 1963-yildan hozirgi nomda. Jur. da oʻzbek tili va adabiyoti, folklor sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, bahsmunozaralar, shuningdek, adabiyotshunoslik, tilshunoslik va folklorshunoslikka oid nazariy masalalar yoritib boriladi. "Adabiyotshunoslik", "Tilshunoslik", "Folklorshunoslik", "Ilmiyadabiy muloqot", "Muhokama. Munozara", "Tanqid va taqriz", "Ilmiy axborot", "Ilmiy hayot", "Fanimiz zahmatkashlari" ruknlari ostida mumtoz va zamonaviy til va adabiyotni oʻrganishning muhim masalalari, jahon soʻz sanʼatidagi ilgʻor tajriba va tamoyillar, istiqlol davri adabiyotining yetakchi xususiyatlari atroflicha yoritiladi. "Meros" rukni ostida esa oʻzbek mumtoz ilmiy va adabiy merosidan namunalar berib boriladi.

Jur.ga Oybek (1958—68), K.Yashin (1969-1981), A. Hayitmetov (1982-87), B. Nazarov (1987-93), A. Hojiyev (1994—98), T. Mirzayev (1999-yildan) va boshqalar muharrirlik qilgan. Adadi 1500 (2005).