Nuri Şahin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nuri Shahin
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 5-sentyabr 1988-yil (1988-09-05) (35 yosh)
Tavallud joyi Lyudenshayd, Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Boʻyi 180 sm
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nuri Şahin Borussiya
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—2001
2001-2005
Maynertsxagen
Borussiya Dortmund
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2011
2007—2008
2011 — hz.
2012 — 2013
2013 — 2014
2014 — hz.
Borussiya Dortmund
Feyenord
Real Madrid
  Liverpul
  Borussiya Dortmund
Borussiya Dortmund
(135 (13)
29 (6)
5 (1)
12 (3)
49 (5)
17 (1))
Milliy terma jamoa
2005 — hz. Nuri Şahin Turkiya (51 (2))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Nuri Şahin (talaffuzi: Nuri Shahin; 1988-yil 5-sentabrda tugʻilgan) — Germaniyada tugʻilgan turkiyalik futbolchi, Borussiya Dortmund va Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublardagi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahin 1994-yildan 2001-yilgacha „Maynertsxagen“ oʻsmirlari jamoasida oʻynab kelgan. [1] 2001-yildan boshlab, Dortmudning Borussiya klubi safiga qoʻshildi. 2005-yili 17 yoshgacha Turkiya yoshlar terma jamoasida Perudagi jahon chempionatida qatnashdi. Turkiya mazkur musobaqada 4-oʻrinni egalladi, Nuri 4 ta gol urishga erishdi. Natijada unga Arsenal, Chelsi, Manchester Yunaytedlardek klublar qiziqish bildirishdi.

2005-yilda Shahin professional bosqichda debyut qildi. 2005-yil 23-iyul kuni Inretoto kubogida chexlarning Sigma klubiga qarshi oʻyinning 67-daqiqasida Mark-Andre Krushkaning oʻrniga tushdi. Germaniya chempionatida esa shu yilning 6-avgustida Volfsburgga qarshi mehmondagi oʻyinda oʻtkazdi. Oʻsha vaqtda u 16 yoshda edi va Bundesligada debyut qilgan eng yosh oʻyinchi boʻldi.

2005-yil 25-noyabrda Nyurenburgga qarshi oʻyinda gol urib, Bundesliga tarixidagi eng yosh gol urgan oʻyinchi boʻldi. 2007-yil 5-iyulda u bir yilga Gollandiyaning Feyenord jamoasiga ijaraga berildi[2]. U Feyenordda Niderlandiya kubogini qoʻlga kiritdi.
U yana Borussiyaga qaytib, bir necha mavsumdan soʻng, yaʼni 2010/11 mavsumida chiroyli oʻyini va jamoaga bergan yordami beqiyosligini tan olinib, bundesligada mavsumning eng yaxshi oʻyinchi deb tan olindi.

Real Madrid[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning 9-mayida Borussiyaning yarim himoyachisi Nuri Shahin "Real Madrid" safiga oʻtayotganligini eʼlon qildi. Mahsus chaqirilgan press-konferensiyada 22 yoshli futbolchi bu qaroriga izoh berib oʻtdi: "„Real“ — dunyoning eng yaxshi klublaridan biri. Mening faoliyatim uchun bu yaxshigina yuksalishdir. „Yoʻq“ deyishni hech ham iloji yoʻq edi. Men „Borussiya“ni faqatgina shunaqangi koʻplab eng yuksak sovrinlarga kurash olib boradigan jamoa safida oʻynash uchun tark etishim mumkin edi. Lekin bu qarorga kelish oson boʻlmadi. Bu baribir meni biroz ranjitdi. Men buni jamoam bilan birga qabul qildim. Toʻgʻri tushuning: men murabbiyimizni juda qadrlayman, menga shahar ham jamoam ham yoqadi. Lekin qaytaraman, „Real“ dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Mening faoliyatim uchun bu yaxshigina yuksalishdir.", — AS Shahinni soʻzlarini keltiradi.[3][4][5][6]. Turkiyalik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 6,5 yilga, yillik maoshi esa 2,5 mln. yevro miqdorida boʻladi[7]. Kelishuv summasi 10-12 mln. yevroni tashkil qilgan[8].

Liverpul[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 25-avgust kuni Real Madrid Shahinni bir yillik ijara kelishuvi asosida Angliyaning „Liverpul“ jamoasiga berdi[9]. Nuri Premyer liganing 3-turida Arsenalga qarshi maydonga tushib oʻz debyutini oʻtkazdi. Ammo oʻyinda oʻzini koʻrsata olmadi va oʻyin davomida almashtirildi. Yevrokuboklardagi debyutini Yevropa Ligasidagi guruh bosqichida shveysariyaning „Yang Boyz“ jamoasi bilan oʻtgan uchrashuvda oʻtkazdi va mazkur oʻyinda bitta golga assistentlik qildi[10]. Angliya ligasi Kubogi musobaqasi doirasida „Vest Bromvich“ga qarshi kechgan uchrashuvda Nuri dublni qaydi etdi.

Borussia Dortmund[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 11-yanvarda Liverpulni tark etib, dortmundning Borussia jamoasi tarkibiga ijara asosida oʻtdi. Ijara muddati ikki yilga moʻljallangan.

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya terma jamoasida 2005 yil 8 oktabrda Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻz debyutini nishonladi. U 85 daqiqada oʻyinga tushdi va 87 daqiqada Oliver Kanning darvozasiga gol urib, terma jamoasining 2:1 hisobida yutishiga sababchi boʻldi.

Erishgan natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Germaniya chempioni: 2010/11
  • Niderland kubogi sohibi: 2007/08
  • Germaniya chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi : 2010/2011
  • Ispaniya chempioni: 2011/12

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „O’yinchining sahifasi.“ (ru). bvb09sostav.narod.ru. 2012-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-mart. (WebCite saytida 2012-04-12 sanasida arxivlangan)
  2. „«Фейеноорд» арендовал полузащитника дортмундской «Боруссии»“. Sports.ru (2007-yil 6-iyul). 2012-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-mart.
  3. „Nuri Sahin ya es nuevo jugador del Real Madrid“ (es). AS (2011-yil 9-may). 2012-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2011-yil.
  4. „El Real Madrid ficha a Nuri Sahin, la sensación de la Bundesliga“ (es). Sitio oficial del Real Madrid CF (2011-yil 9-may). 2012-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2011-yil. (WebCite saytida 2012-04-12 sanasida arxivlangan)
  5. „Nuri Sahin wechselt zu Real Madrid“ (de). Offizielle Website des BV Borussia Dortmund (2011-yil 9-may). 2012-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2011-yil.
  6. „Nuri Sahin zieht es nach Madrid“ (de). Offizielle Website von Nuri Sahin (2011-yil 9-may). 2012-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2011-yil. (WebCite saytida 2012-04-12 sanasida arxivlangan)
  7. „Comunicado oficial: Nuri Sahin, nuevo jugador del Real Madrid“ (es). Sitio oficial del Real Madrid CF (2011-yil 9-may). 2012-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2011-yil. (WebCite saytida 2012-04-12 sanasida arxivlangan)
  8. „Пас из-за границы: Германия“. Спорт-Экспресс (2011-yil 11-may). 2012-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2011-yil.
  9. „Reds agree Sahin deal“ (en). Official club website Liverpool FC (2012-yil 25-avgust). 2012-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 avgust 2012.
  10. LFC complete Sahin loan, 2012-08-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-08-31

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]