Nuqta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hech qanday oʻlchamga ega boʻlmagan eng sodda geometrik jismga nuqta deyiladi. Nuqta A,B,C,D kabi belgilanadi.


Nuqta — eng koʻp qoʻllanadigan va eng qad. tinish belgilaridan biri (•); 11-a.da arab, matnlarida yozuv belgisi sifatida paydo boʻlgan. 19-a.

gacha unish vazifasi va qoʻllanishi hoz. ayni tinish belgisinikidan tamomila farq qilgan. Hoz. oʻzbek imlosida N. quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi: 1) darak gaplar oxirida (Quyosh hamma yoqni qizdirmoqda); 2) orzu-istak, iltimos, yalinish, daʼvat, undash, maslahat, ogohlantirish kabi mazmunni ifodalovchi buyruq gaplar oxirida (Bugun ertaroqboring . Bizga ovqat keltirsangiz. Mayli, oʻqing boʻlmasa, hamma eshitsin); 3) bosh harflar yoki boʻgʻinlar bilan koʻrsatilgan shartli qisqart-malardan soʻng (S. Rahimov; M. T. Oybek; va sh.k.; va b.); abbreviaturalarda N. qoʻyilmaydi; 4) raqamlar yoki harflar bilan koʻrsatilgan numerativlardan soʻng (1. A. 2. V. kabi. Bunda numerativdan keyin keladigan gaplar mustaqillikka ega boʻlishi shart); 5) baʼzan sanalar raqam bilan yozilganda, yil, oy, kunlarni oʻzaro ajratish uchun ular orasiga qoʻyiladi (2003 y. 19 okt.); 2000.14.V11I. (2000 y. 14 avgust) va q.k.

Adabiyot[tahrir]

  • Nazarov K., Oʻzbek tili punktuatsiyasi, T., 1976.[1]




Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil