Novodevichiy monastiri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Novodevichiy monastiri - qad. rus meʼmoriy yodgorligi. Ayollar monastiri. Smolenskning olinishi sharafiga knyaz Vasiliy III tomonidan bunyod etilgan (1524). Dastlab Moskvani jan.dan himoya qilish vazifasini oʻtaydigan qalʼa sifatida kurilgan. 16—17-asrlarda ayollar monastiri vazifasini oʻtagan. Novodevichiy monastiri turli davrlarda qurilgan kungurador devorlar (17-asr oxiri), hashamatli sobor (1524—25), oshxona, malikalar palatasi, ibodatxona (17-asrning 80-yillari) va koʻp pogʻonali kurkam qoʻngʻiroqxona minorasi (1689—90) va boshqalardan iborat. Ularning qurilish usuli va meʼmoriy bezaklarida 17-asr rus meʼmorligining oʻziga xos tomonlari yorqin aks etgan. 1922—34 yillardan muzey hududining bir qismi rus madaniyatining tanikli arboblari, davlat, jamoat va harbiy arboblari va boshqa dafn etilgan Novodevichiy kabristoniga tutash. 1994-yil boshlarida ayollar monastiri tiklangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil