Norvegiya dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Norvegiya dengizi qizil rang bilan tasvirlangan (nemischada Europäisches Nordmeer)
Norvegiya dengizi qizil rang bilan tasvirlangan (nemischada Europäisches Nordmeer)
Joylashuvi Shimoliy Yevropa
Koordinatalari 69°N 2°E / 69°N 2°E / 69; 2 G OKoordinatalari: 69°N 2°E / 69°N 2°E / 69; 2 G O
Okean tipi Dengiz
Asosiy manbalari
  • Markaziy Shimoliy Atlantika,
  • koʻproq Norvegiya fyordlari
Havzaga aloqador oʻlkalar Islandiya, Norvegiya, Daniya (Farer oroli) va Birlashgan Qirollik (Shotland oroli)
Yuzasi 1,383,000 km2 (534,000 mi²)
Oʻrtacha chuqurligi 2,000 m (6,600 ft)
Eng katta chuqurligi 3,970 m (13,020 ft)
Suv hajmi 2,000,000 km3 (1.6×1012 acre·ft)
Manbalar [1][2][3]

Norvegiya dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka qismida joylashgan dengiz. Skandinaviya yarim orol bilan Shetlend, Farer, Irlandiya, Yan-Mayen, Medvejiy orollari oraligʻida joy olgan. Atlantika okeanidan suv osti tizmasi bilan ajralib turadi. Maydoni 1,383,000 km2 (534,000 mi²) ni tashkil etadi. Eng chuqur joyi 3970 m ga teng. Iliq oqim oʻtganligi sababli, dengiz suvi qishda muzlamaydi. Suvining temperaturasi fevralda 8—12° C ni tashkil etadi. Shoʻrligi 34—35,2°/oo ga teng. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (uning oʻrtacha balandligi 3,3 m gacha boʻladi). Dengiz suvi baliqqa boy[4]. Asosiy portlari:

  • Tronxeym
  • Tromsyo
  • Narvik

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Norwegian Sea, Great Soviet Encyclopedia (in Russian)
  2. Norwegian Sea, Encyclopædia Britannica on-line
  3. ICES, 2007, p. 1
  4. "Norvegiya dengizi" OʻzME. N-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil