Niso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Niso — antik va oʻrta asr shahar xa-robasi; kad. Parfiya davlatining poytaxti (mil. av. 3—mil. 3-a.lar). Ashxoboddan 18 km shim.-gʻarbda joylashgan. N. ikkita tepalik (Yangi Niso, mayd. 18 ga va Eski Niso, mayd. 14 ga)dan iborat. 1946—60 y.larda N.da prof. M. Ye. Masson tomonidan arxeologik kazish-malar olib borilgan. Natijada juda boy va xilma-xil arxeologik materiallar topilgan. Ular orasidagi sopolga bitilgan yozuvlardan birida Eski Niso tepaligi qadimda Mixridatkirt deb atalgani maʼlum boʻldi. Yangi Niso tepaligi esa antik davrda Parfiya podsholigining poytaxti boʻlgan. N.dan ibodatxona qoldigʻi, sopol haykalli hashamatli zal, podsho xazinasi va monumental uy-joy qoldiklari ochilgan. Xonalardan biri toʻrtburchakli sanʼat koshonasi boʻlib, u ellinizm anʼanalari asosida qurilgan. Mil. av. 3— 1 -a.larga oid bu zaldan Parfiya madaniyatiga oid marmar haykal, fil suyagiga jilo berib ishlangan qadah (riton)lar va b. buyumlar topilgan. N.dagi xoʻjalik arxividan Parfiya podsholigining mil. av. 1-a.ga oid iqtisodiy va maʼmuriy tuzumini jahonga maʼlum qiluvchi sopol parchalariga bitilgan 200 ta hujjat, shuningdek, harbiy qurollar va bezak buyumlar, terrakota va metaldan ishlangan mayda haykalchalar, turli jihoz va b. topilgan. Oʻrta ayerlarda N. Xurosonning muhim markazi boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Trudi YUTAKE, tom 1-2, 4, 6. Ashxabad, 1949—58;
  • Koshelenko G. A., Kultura Parfii, M., 1966;
  • Pugachenkova G. A., Iskusstvo Turkmenistana, M., 1967.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil