Nisbat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nisbat, ikki son nisbati — birinchi sonni ikkinchisiga boʻlishdan hosil boʻlgan boʻlinma. Kasr sonlarning N.ini butun sonlar N.i bilan almashtirish mumkin. Ikkita bir jinsli miqdor (kesma, burchak, yuz va boshqalar)ning nisbati deb, ularning sonli oʻlchovlari tushuniladi. Ikkita kesma uzunligining nisbati ratsional son boʻlsa, ular oʻlchovdosh, irratsional boʻlsa oʻlchovdosh boʻlmagan kesmalar deyiladi. Bunday tushunchalar yuz, burchak va boshqa uchun ham taalluqli.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil