Nijniy tagil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nijniy tagil - RF Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1917 y.dan). Oʻrta Ural togʻlarining sharqiy yon bagʻrida, Tagil daryosi (Ob havzasi) boʻyida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 399,6 ming kishi (1998). Qora metallurgiya (metallurgiya k-ti va b.), mashinasozlik, vagonsozlik, shuningdek, kimyo va koks-kimyo sanoatlari ("Uralximplast" i.ch. birlashmasi) rivojlangan, harbiy texnika ishlab chiqariladi. Mis rudasi qazib olinadi. Pedagogika instituti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat va b. muzeylar bor. N.T.ga 1722 y.da asos solingan. Oʻsha yerda konchilik rivojla-nishi bilan vujudga kelgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil