Nerpalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pusa sibirica

Nerpalar (Pusa) — tyulensimonlar oilasi urugʻi. Baʼzan oddiy tyulenlar oilasiga kiritiladi. Gavdasining uz. 1,5 m gacha, vazni 100 kg gacha. 3 ta turi bor. Halqali N. Atlantika va Tinch okeanining moʻʼtadil va sovuq suvlarida hamda Shimoliy Muz okeanida tarqalgan. Baliqlar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Muz ustida bolalaydi. Baʼzan katta toʻda hosil qiladi. Cheklangan miqdorda ovlanadi. Kaspiy N.si, yaʼni Kaspiy tyuleni kaspiy dengizida, baykal N.si Baykal koʻlida yashaydi. Kaspiy va Baykal N.ining soni kamayib ketganligi tufayli ularni ovlash cheklangan. Finlandiyaning Sayma koʻlida uchraydigan sayma narpasi Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil